platina.uz
Siyosat

Saylov boʻlib oʻtdi, deb hisoblasak boʻladi – MSK rais oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov

Markaziy saylov komissiyasi vakili ovoz berish jarayonining borishi va saylovchilarning ishtiroki haqida maʼlumot berdi

Saylov boʻlib oʻtdi, deb hisoblasak boʻladi – MSK rais oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov

Soat 12 da Markaziy saylov komissiyasi vakili ovoz berish jarayonining borishi va saylovchilarning ishtiroki haqida maʼlumot berdi. Komissiya raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov saylovlarning ochiq va shaffof oʻtayotganini taʼkidladi.

Soat 8:00 dan 11:00 gacha boʻlgan holatga Oʻzbekiston hududlari kesimida saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilarning ishtirok etish ulushi quyidagicha boʻldi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 32,51%
Andijon viloyati - 39,37%
Buxoro viloyati - 33,58%
Jizzax - 39, 23%
Navoiy viloyati 38,50%
Namangan viloyati - 32,84%
Samarqanda viloyati - 34,22%
Sirdaryo viloyati - 38,19%
Surxondaryo viloyati - 32,51%
Toshkent viloyati - 28,80%
Fargʻona viloyati - 35,96%
Xorazm viloyati - 36,97%
Qashqadaryo viloyati 30,40%
Toshkent shahri - 26, 27%

Oʻzbekistonda saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan 19 ml.ndan ziyod saylovchilarning 6 mln. 463 mingi ovoz berib boʻldi. Bu roʻyxatdagi saylovchilarning 33,54 foizini tashkil etadi. Oʻzbekiston Saylov kodeksining 97-moddasiga koʻra, saylovchilarning 33 dan koʻprogʻi qatnashsa, saylov oʻtgan, deb hisoblanadi. Demak saylovlarni oʻtgan deb hisoblashga asos mavjud.

Rais oʻrinbosarining maʼlum qilishicha, saylov uchastkalarida jiddiy qonun buzilishi holatlari haqida maʼlumotlar kelib tushmagan. Faqat ayrim uchastkalardagi ovoz berish kabinalarida parda yoʻqligi haqida xabar qilingan. Biroq saylov qonunchiligida parda boʻlishi shart degan talab yoʻq. Shu bois buni qonunbuzilishi deb hisoblab boʻlmaydi.

Bugun saylovlar soat 20.00 ga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid