platina.uz
Jamiyat

Qoʻshib yozish boʻyicha prokuratura oʻrganish oʻtkazadi

7,3 million tup koʻchat sugʻorish tizimlari mavjud boʻlmagan hududlarga ekilgan.

Qoʻshib yozish boʻyicha prokuratura oʻrganish oʻtkazadi

Prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduxakimovning Qonunchilik palatasi yalpi majlisida “Yashil makon” loyihasi monitoringida aniqlangan kamchiliklar boʻyicha maʼruzasiga izoh berdi.

4 iyul kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda vazir Abduhakimov loyihada kamchiliklar xususida bayonot bergan.

“Navoiy viloyatida 959 ming, Toshkent viloyatida 564 ming, Fargʻona viloyatida 465 ming, Qashqadaryo viloyatida 227 ming tup koʻchat qoʻshib yozilgani aniqlangan”, – deydi vazir.

Maʼlum boʻlishicha, 1,8 million tup koʻchatni saqlash va parvarishlash uchun tegishli masʼullar belgilanmagan. Bu boradagi eng achinarli ahvol Fargʻona viloyatida. U yerda 415 ming tup koʻchatga hech qanday masʼul belgilanmagan.

Bundan tashqari, 7,3 million tup koʻchat sugʻorish tizimlari mavjud boʻlmagan hududlarga ekilgan.

Mazkur yalpi majlisda Bosh prokuraturaning Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi Oʻktam Oʻtayev ishtirok etib, maʼruzada keltirilgan kamchiliklar Bosh prokuratura tomonidan alohida nazoratga olingan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Hozirda Bosh prokuratura va vazirlik mutaxassislaridan iborat tuzilgan ishchi guruh holatga qonuniy baho berish va aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora koʻrish yuzasidan oʻrganish ishlarini boshlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid