Elektr va gazni isrof qilayotganlar haqida xabar berganlar ragʻbatlantirilishi mumkin

Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor yetilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Jamiyat
6-iyul 2023 yil
Elektr va gazni isrof qilayotganlar haqida xabar berganlar ragʻbatlantirilishi mumkin

Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanishdagi qoidabuzarliklar haqida xabar berganlar ragʻbatlantirilishi mumkin. 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim yetgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qarorda Energetika vazirligi, Bosh prokuratura hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va gazdan foydalanishni nazorat qilish, shuningdek, yoqilgʻi-energiya resurslarini talon-taroj qilish, ulardan oqilona foydalanishga nisbatan beparvo munosabatda boʻlishga qarshi  “Energonazorat” platformasi ishlab chiqilayotganligi bildirilgan.

Shuningdek, qator tartiblar bayon etilgan.

2023 yil 1 sentabrdan boshlab:

- jismoniy shaxslarning videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalari orqali qayd yetilgan elektr, issiqlik yenergiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;

- huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha boʻlgan miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi;

- huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi videoyozuvlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor yetilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sodir etilgan huquqbuzarliklar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlik hujjatlarini (bayonnoma va qarorlarni) elektron shaklda tuzish orqali ushbu huquqbuzarliklar haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Ye-maʼmuriy ish” tizimiga kiritiladi.

Shuningdek, qaror bilan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizom ham tasdiqlanmoqda.

Taʼkidlash joizki, «Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga koʻra kontrafakt va sifatsiz tovarlar haqida xabar berganlar ham ragʻbatlanishi belgilangandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+