platina.uz
Jamiyat

Termizga snaryad uchib tushganiga bir yil boʻldi

Platina.uz 5 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Termizga snaryad uchib tushganiga bir yil boʻldi

Platina.uz 5 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Xalqaro mehnatkashlar kuni

Armanistonda Konstitutsiya, Argentinada bolalar kuni.

Voqealar

  • 1687 yil – Isaak Nyuton “Tabiiy falsafaning matematik boshlanishi” kitobini nashr etdi.
  • 1811 yil – Venesuela Janubiy Amerikadagi ispan mustamlakalaridan birinchi boʻlib oʻz mustaqilligini eʼlon qildi.
  • 1915 yil - avstriyaliklar Italiya armiyasining sirli "Qizil shifrini" yorib yuborishdi.
  • 1924 yil - Parijda 7-yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 1934 yil - San-Fransiskoda "Qonli payshanba" boʻlgan kun.
  • Maʼlumot uchun: shu kuni Amerika Qoʻshma Shtatlarining gʻarbiy sohilida 83 kun davomida ish tashlash boʻlgan.
  • 1954 yil – Bi-bi-si televideniyesi yangiliklarining birinchi nashri chiqdi. Uning boshlovchisi Richard Beyker 1954 yildan 1982 yil Yangi yilga qadar 28 yil davomida yangiliklarni oʻqish boʻyicha rekord oʻrnatdi.
  • 19 yoshli Elvis Presli oʻzining "That’s All Right" (“Hammasi joyida”) nomli birinchi qoʻshigʻini yozdi.
  • 1962 yil – Jazoir Fransiyadan ajralib, mustaqillikka erishgan.
  • 1994 yil – 30 yoshli amerikalik Jeff Bezos Amazon kompaniyasiga asos solgan.
  • Xitoy bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlagan.
  • 1998 yil - Yaponiya Marsga kosmik kema yubordi va kosmik tadqiqotlar boʻyicha AQSh va Rossiyadan keyin uchinchi davlatga aylandi.
  • 2003 yil – Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2002-2004 yillardagi SARS epidemiyasi toʻxtatilganini eʼlon qildi.
  • 2009 yil – Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatining poytaxti Urumchi shahrida bir qator tartibsizliklar boshlandi.
  • 2022 yil – Oʻzbekiston chegara hududiga Afgʻoniston hududidan otilgani taxmin qilinayotgan 5 ta reaktiv snaryad uchib tushdi. Ular portlamagan, insoniy qurbonlar va vayronagarchiliklar boʻlmagan.
  • Janubiy Koreyada oʻtkazilgan Osiyo chempionatidan soʻng taekvondochilarning yangilangan reytingi eʼlon qilindi. Oʻzbekistonlik sportchi Charos Qayumova ilk bor ayollar oʻrtasidagi jahon reytingi yetakchisiga aylandi.

Tavalludlar

  • 1931 yil — iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ergash Akramov;
  • 1950yil — raqqosa, Oʻzbekiston xalq artisti Dilafroʻz Jabborova;
  • 1995 yil — oʻzbek futbolchisi, hozirda "Soʻgʻdiyona Jizzax" jamoasida Oʻzbekiston Ligasida oʻynayotgan Murod Rajabov;
  • 1989yil — oʻzbek erkin kurashchisi, 2015 yilgi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, qitʼa chempionatlarining koʻp marotaba sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi Ixtiyor Navroʻzov.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid