OAV: Putin oʻta xavfli qaror qabul qilishga yaqin turibdi
Oʻtgan iyun oyida Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi portlatilishida ham rossiyaliklar ehtimoliy aybdor sifatida koʻrilmoqda.

Britaniyaning The Times gazetasining bosh maqolasida aytilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz pozitsiyasini mustahkamlash uchun Zaporoje atom elektr stansiyasini portlatishga buyruq berishi mumkin.
Prigojin isyoni va u keltirgan oqibatlar, gazeta fikricha, Putinni qandaydir radikal qadamlar sari undashi mumkin.
Putin armiyasi uzoq vaqtdan beri jabhada hech qanday haqiqiy muvaffaqiyatlarni ommaga koʻrsata olmadi, Putinning imidjiga taʼsir qilmoqda, deyiladi maqolada .
“Bu Putin rejimi uchun xavfli va shuning uchun mintaqa uchun xavfning kuchayishi lahzasi. Siyosiy obroʻni qaytarish uchun janob Putin tezda gʻalaba qozonish umidida urushni avj oldirish vasvasasiga tushishi mumkin”, deb taʼkidlaydi gazeta.
Oʻtgan iyun oyida Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi portlatilishida ham rossiyaliklar ehtimoliy aybdor sifatida koʻrilmoqda.
Rossiya armiyasi Zaporoje AESini urushning dastlabki kunlaridayoq egallab olgandi, Ukraina tomoni AESga zarar yetishidan ogohlantirib keladi. Rossiya bu shubhalarni rad etadi.
The Times nashrining taʼkidlashicha, soʻnggi kunlarda rus harbiylari va xodimlarning stansiyadan bosqichma-bosqich olib chiqilishi bu shubhalarni tasdiqlaydi.
Nashr NATO davlatlarini Moskvaning harakatlari yuzasidan chora koʻrishga chaqirgan.