AQShdan viza va ish vaʼda qilgan ayol katta pul bilan ushlandi
Soʻnggi vaqtlarda oʻzbekistonliklar orasida turli yoʻllar orqali AQShga ketish harakati koʻpayib bormoqda

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻtkazgan tezkor tadbirda AQShga yuborishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi.
Buxoro shahar, “Navroʻz” mahallasida yashovchi 43 yoshli Gʻ.D ismli ayol boshqa bir fuqaroga viza olib berish hamda AQShda yashovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgani aniqlangan.
Ayol “oʻz xizmati” evaziga 25 ming dollar miqdorida pul talab qilgan. U oʻzi yashab kelayotgan xonadonida kelishilgan pulning 10 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Gʻ.D. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda oʻzbekistonliklar orasida turli yoʻllar orqali AQShga ketish harakati koʻpayib bormoqda. AQShning Toshkentdagi elchixonasi Meksika orqali mamlakatga kirmoqchi boʻlganlari ogohlantirgandi.