Vazirlik huzuridagi jamiyat ulkan mablagʻni talon-toroj qilishda ayblanmoqda
Aksilkorrupsiya agentligiga koʻra, jamiyat tomonidan oʻtgan yili yanvar oyida musobaqalar taqvimi tasdiqlangan.

"Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati mansabdorlari byudjetdan ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilishda ayblanmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlumot bergan.
"Yoshlik" jamiyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi tashkilot boʻlib, yoshlar oʻrtasidan sport musobaqalarini tashkil etish shugʻullanadi. Aksilkorrupsiya agentligiga koʻra, jamiyat tomonidan oʻtgan yili yanvar oyida musobaqalar taqvimi tasdiqlangan. Jumladan, "Umid nihollari"ning final bosqichi ham unga kiritilgan. Jami xarajatlar uchun 28 mlrd. soʻm ajratilishi belgilangan.
Musobaqalar mart-may oylarida oʻtkazilishi belgilansa ham, jamiyat mutasaddilari taqdirlashni sunʼiy choʻzib kelishgan. Qisqa muddat qolganda esa Vazirlar Mahkamasi tegishli farmonini chiqarishga erishishgan. Ushbu farmoyish asosida ichki tender oʻtkazilgan va gʻolib boʻlgan tadbirkor bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzilgan. Keyin esa tadbirkorning faoliyatiga tegishli boʻlmagan tovarlarni guyoki sotib olgan.
Tenderda gʻolib chiqqan UNITED SYSTEM MChJ aslida yogʻoch uskunalari va sanitariya-texnik ashyolar savdosi bilan shugʻullansada, undan televizor, noutbuk, kubok va medallar sotib olingani qayd etilgan. Shuningdek, mazkur mahsulotlar erkin bozordagi mahsulotlardan ancha qimmatga olingani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan, Bosh prokuratura esa Jinoyat kodeksining 167-moddasi, 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.