platina.uz
Jamiyat

Toshkentni qaytadan yam-yashil hududga aylantirishmoqchi

Maʼlumki, soʻnggi vaqtlarda poytaxt Toshkent ogʻir ekologik vaziyat ostida qoldi.

Toshkentni qaytadan yam-yashil hududga aylantirishmoqchi

"Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoni (PF–112-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi.

Maʼlumki, soʻnggi vaqtlarda poytaxt Toshkent ogʻir ekologik vaziyat ostida qoldi. Shaharda bir necha marotaba chang boʻronlari yuz berdi, poytaxt havoning ifloslanishi boʻyicha reytinglarda birinchi oʻringa chiqdi. Ekologiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, shaharda havo ifloslanishining 98 foizi avtomobillar hissasiga toʻgʻri keladi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2022 yilning oʻtgan 6 oyida Toshkentda daraxt va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bogʻliq 2300 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan (14 iyul holatiga koʻra). Huquqbuzarlarga nisbatan 3,4 milliard soʻm maʼmuriy jarima va 4,3 milliard soʻm zarar summalari belgilangan. 6 oyda jami 882 tup qimmatbaho daraxtlar kesilgan.

Shundan kelib chiqib prezident farmonga koʻra, madaniyat va istirohat bogʻlari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini oʻzgartirish, yashil hududlarni keskin koʻpaytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri etib belgilandi.

Shunga koʻra, Toshkent shahrida qoʻshimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi.

Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi etib qayta nomlandi.

Davlat va tadbirkorlar oʻrtasida “koʻprik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi, deyiladi farmonda.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid