Kuba inqilobi boshlangan kun
Platina.uz 26 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

26 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar
Xalqaro “Esperanto” tili kuni – sunʼiy ravishda yaratilgan “Esperanto” tili kuni mutlaqo yangi bayram. Biroq, esperanto tarixi 1887 yilda boshlangan.
Kuba - Milliy qoʻzgʻolon kuni – 1953 yil 26 iyul Kubaning zamonaviy tarixidagi eng muhim sanalardan biri hisoblanadi - bu Kuba inqilobi boshlangan kun yoki Milliy qoʻzgʻolon kuni.
Maldiv orollari Mustaqillik kuni – 1965 yilning 26 iyul kuni Maldiv orollarining Buyuk Britaniyadan mustaqilligi eʼlon qilindi.
1775 yil – Benjamin Franklin Shimoliy Amerika shtatlarining bosh postmasteri etib tayinlandi.
1788 yil – Nyu-York Qoʻshma Shtatlarning 11-shtatiga aylandi.
1847 yil – Afrikadagi birinchi mustaqil davlat – Liberiya Respublikasi eʼlon qilindi.
1865 yil – ingliz shifokori Jeyms Berri vafotidan soʻng, bir necha oʻn yillar davomida bir ayol bu nom ostida yashiringanligi maʼlum boʻldi.
1908 yil – AQSh Bosh prokurori Charlz Bonapart nomi oshkor etilmagan agentlik yaratdi, uning maxsus agentlari federal qonunlarning buzilishini tekshirishlari kerak. Stenli Finch uning birinchi rahbariga aylanadi. Keyingi yili Tergov byurosi nomi paydo boʻladi va 1935 yil 1 iyuldan boshlab boʻlim Federal qidiruv byurosi deb nomlanadi. 1983 yilda AQSh prezidenti Ronald Reygan "FQB kuni" - siyosiy politsiya mutaxassislari uchun kasb bayrami tashkil etilishini eʼlon qildi.
1909 yil – bortida 300 ga yaqin yoʻlovchi va ekipaj aʼzosi boʻlgan “Waratah” ingliz yoʻlovchi paroxodi Janubiy Afrikadagi Natal portidan chiqib ketib, bedarak yoʻqoldi.
1918 yil – Ozarbayjonda sotsial inqilobchilar bolsheviklarni agʻdarishgan.
1928 yil – Toshkent shahridagi Oʻrta Osiyo okrugi binosida Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) fizika-matematika fakulteti xodimlari 27 yoshli Boris Grabovskiy va 21 yoshli Ivan Belyanskiy yaratgan harakatlanuvchi tasvirlarni elektron nur yordamida uzoq masofaga uzatib va qabul qilib oladigan “radiotelefot” apparati muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi.
Filolog Sh.Ibragimovning qayd etishicha, apparat taxt qilinib, qoq peshinda elektr tokiga ulanganda uning safdoshi Belyanskiyning yurib turgani va bir necha marta bosh kiyimini yechib-kiygani ham ravshan koʻrindi. Shundan keyin ixtirochilar va komissiya aʼzolari oʻrinlarini almashtirib bir-birlarini ekranda koʻrishdi. Shu tariqa jahonda eng birinchi televizor sinovdan oʻtdi va 4 avgust kuni Toshkentdagi sobiq “Xiva” kinoteatrining yonida, odamlarning koʻz oʻngida yana bir bor sinab koʻrildi. Ekranda odamlar, yurib ketayotgan tramvay va boshqa transport vositalari tasviri koʻrindi.
“Radiotelefot”ning ilmiy-tarixiy qimmati hozirgi zamon televizion tizimining barcha elementlarini oʻzida mujassamlashtirganida edi. Ammo mazkur telefot sobiq ittifoq tomonidan yetarli qoʻllab-quvvatlanmaganligi tufayli ommalashmay qoldi. Tarixchi Toʻychi Ahmedovning qayd etishicha, Grabovskiy va Belyanskiy telefoti ancha kech – oʻtgan asrning 60–70 yillarida eʼtirof etildi, hatto YuNESKO tomonidan tan olindi. Bu vaqtga kelib televideniye, butun dunyoga kirib borgan edi.
1937 yil – Yaponiya Xitoyda harbiy harakatlar boshladi.
1938 yil – NKVD boshligʻi Yejov Stalinga Qizil Armiya va Harbiy-dengiz flotining 138 qoʻmondoni roʻyxatini otib tashlash uchun yubordi. Stalin va Molotov: "Barcha 138 kishini qatl qilish uchun" rezolyutsiyasini oʻrnatdilar.
1965 yil – Maldiv orollari mustaqilligi eʼlon qilindi.
1982 yil – AQSh Falastinni ozod qilish tashkilotini tan olishdan bosh tortdi.
1989 yil – 24 yoshli amerikalik talaba Robert Morris kompyuter virusini yaratish va ishga tushirishda ayblanmoqda. Morris sudga tortilgan birinchi virus yaratuvchisiga aylanadi.
1995 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Yevropa Ittifoqining 15 ta davlati vakillari Yevropolni tashkil etish toʻgʻrisidagi konvensiyani imzoladilar.
1998 yil – Illinoysda (AQSh) 246 parashyutchi osmonda tirik aylana yasadi (jahon rekordi).
2001 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun taʼlim kreditlari berish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2016 yil – Hillari Klinton Filadelfiyada boʻlib oʻtgan Demokratik partiyaning milliy qurultoyida Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentligiga nomzodi ilgari surilgan tarixdagi birinchi ayol boʻldi.
2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
2021 yil – Oʻzbekiston Prezidenti “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini imzolangan.
Tavalludlar
1859 yil – Dublin ingliz yozuvchisi, dramaturg Jorj Bernard Shou;
1921 yil — Oʻzbekiston xalq rassomi Rahim Ahmedov;
1968 yil — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor Rustam Joʻrayev tavallud topgan.