Tuproq yoʻlni shagʻallashtirishga 20 mlrd. ajratildi
Bunda Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Vazirlar Mahkamasining zaxira mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston janubiy tumanlaridagi tuproq yoʻllarni taʼmirlash ishlariga 20 mlrd. soʻm ajratiladi.
Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlarida xatlov natijalariga koʻra aniqlangan tuproq yoʻllarni taʼmirlash ishlariga mazkur tumanlarning Obodonlashtirish boshqarmalariga pul oʻtkazib beriladi.
Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlari hokimlari ajratilgan mablagʻlarni maqsadli sarflashi va tuproq yoʻllarni qum-shagʻal aralashmali yoʻllarga aylantirishi kerak.
Shundan Amudaryoga 5,8 mlrd., Beruniyga 5,5 mlrd., Toʻrtkoʻlga 5 mlrd. va Ellikqalʼaga 3,6 mlrd. soʻmdan beriladi. Shunda jami 123 ta mahalladagi tuproq yoʻllar shagʻallashtiriladi.