Toshkent viloyatida ham suv narxi 2 baravar oshiriladi
Yangi narxlar 20 avgustdan kuchga kiradi.

Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi ikki barobarga oshiriladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarori eʼlon qilindi.
Qaror ilovasiga koʻra, "Toshkent suv taʼminoti" MChJ taklif etayotgan 1 metr kub ichimlik suvi 1700 soʻmga koʻtariladi (avvalgi narxi 950 soʻmni tashkil etadi).
"Chimgan-Chorbogʻ suv taʼminoti" MChJ taklif etayotgan suv narxi esa 1050 soʻmga oshirilishi belgilangan (avvalgi narxi 550 soʻm). "Musaffo obi hayot" narxlari esa deyarli oʻzgarmagan (565 soʻmga 600 soʻm).
Yangi tariflar 2023 yil 20 avgustdan boshlab qoʻllaniladi.
Eslatib oʻtamiz, avval Surxondaryo va Qashqadaryoda ham ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilgandi.