Oʻzbekistonda 164 kishida qizamiq aniqlangan — Sanepidqoʻmita
Bu holatlar xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlgan fuqarolarda aniqlanmoqda.

Iyul oyi holatiga koʻra, qizamiq kasalligiga shubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan. Ulardan 164 tasida qizamiq aniqlangan.
Bu holatlar xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada boʻlgan fuqarolarda aniqlanmoqda.
Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, emlashdan bosh tortganlar hisobiga 2023 yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq boʻyicha epidemiologik vaziyat keskinlashgan.
Ayni paytda Ukrainada 23 070, Serbiyada 4 954, Fransiyada 2 576 , Gretsiyada 2 476, Italiyada 2 020, Rossiyada 1 396, Gruziyada 1 128 holatda qizamiq kasalligi qayd etilgan.
Qoʻshni mamlakatlar Afgʻonistonda 2023 yilning hozirgacha boʻlgan davrida 2 105 holatda, Tojikistonda esa 300 dan ortiq Qozogʻistonda 169 ta holat qayd etilgan.
Qoʻmitaning aytishicha, qizamiq boʻyicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida boʻlib, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada boʻlganlar epidemiologik koʻrsatma asosida profilaktik emlanmoqda.