platina.uz
Jamiyat

Namanganda aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir qilayotgan muammolar aniqlandi

Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 2,7 km yangi tarmoq tortildi, 1 ta suv qudugʻi qazildi va 2 ta nasos uskunasi almashtirildi.

Namanganda aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir qilayotgan muammolar aniqlandi

Prezident topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Namangan viloyati boʻldi. Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrganish, aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida tezkor shtab va viloyatning 4 ta sektori kesimida ishchi guruhlar tashkil etildi. Har bir ishchi guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi masʼul xodimlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Oʻrganishlar natijalari boʻyicha viloyatda aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan qator muammolar aniqlandi. Jumladan, kommunal sohasi bilan bogʻliq masalalar, elektr va ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq muammolar, ichki yoʻllar, ijtimoiy soha obʼektlari holati hamda aholi bandligi masalalari boʻldi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida ilk kundayoq Yangi Namangan va Pop tumanlarida 59 ta yangi temir beton tayanchlar oʻrnatildi. Aholiga qoʻshimcha 349 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 2,7 km yangi tarmoq tortildi, 1 ta suv qudugʻi qazildi va 2 ta nasos uskunasi almashtirildi. Jumladan, Davlatobod tumani “Nurobod”, “Orzu”, “Gulshan”, Namangan tumani “Chorbogʻ”, Kosonsoy tumani “Oʻzbekiston” mahallalarida jami 2,7 km suv tarmoqlarini yotqizish va 1 ta suv qudugʻi qazish ishlari olib borildi.

Kredit va subsidiya ajratish, bandlik masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, tijorat banklari tomonidan 550 nafar fuqaro va tadbirkorlik subʼektlariga jami 18,3 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 66 nafar fuqaroga 1,8 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Jami 183 nafar fuqaroning bandligiga koʻmaklashildi. Shundan, 142 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 24 nafar fuqarolar kasb-hunarga oʻqishga jalb etildi, 17 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 17 nafar fuqarolarga 21 mln. soʻmlik yordam koʻrsatildi. Shundan, 3 nafar fuqaroga 7,5 mln. soʻmlik kontrakt toʻlovi, 2 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 3,95 mln. soʻmlik hamda davolanish harajatlari uchun 3 nafar fuqaroga 3,96 mln. soʻmlik koʻmak berildi.

“Ayollar daftari” roʻyxatidagi 191 nafar xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatildi. Shundan, 186 nafar xotin-qizlarni bandligi taʼminlandi, 5 nafar xotin-qizlarga imtiyozli kredit chiqarishda yordam berildi.

Aholi sogʻligʻi himoyasini taʼminlash ham pirovard yoʻnalishlaridan biri boʻldi. Viloyatda oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar natijasida, 180 nafar fuqarolar qamrab olindi, 86 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan boʻlib, 4 nafari viloyat miqiyosidagi shifoxonalarga yotqizildi. Oilaviy poliklinikalarda 24 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi. 5 nafar ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi.

Ishlar davom etmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid