platina.uz
Siyosat

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni birinchi boʻlib tabrikladi

Bugun Shavkat Mirziyoyev 66 yoshga toʻldi.

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni birinchi boʻlib tabrikladi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga tugʻilgan kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi, deya xabar bermoqda “Betaraf Turkmaniston” gazetasi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev 66 yoshga toʻldi.

"Sizning dono va uzoqni koʻzlagan siyosatingiz tufayli Oʻzbekiston Respublikasi oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Bugun Oʻzbekistonda xalq farovonligini, mamlakatimizning jahon miqyosidagi nufuzini yuksaltirishga qaratilgan keng koʻlamli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda", – deydi Turkmaniston rahbari oʻz tabrigida.

Prezident Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka toʻxtalar ekan, ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va qardoshlik munosabatlari anʼanaviy tarzda mustahkam qoʻshnichilik, teng huquqlilik, hurmat va oʻzaro yordam rishtalariga asoslanganini taʼkidladi, deyiladi xabarda.

Berdimuhamedov tabrik soʻnggida Mirziyoyevga mustahkam sogʻliq va Oʻzbekiston xalqiga farovonlik tilagan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid