Yer tarixidagi eng sovuq kun
Platina.uz 21 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

21 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Belgiya – Milliy kun.
Guam – Ozodlik kuni.
Bugun Oʻzbekistonda chet tilidan ijodiy imtihonning yozma qismi boshlanadi.
Voqealar.
1610 yil – choy birinchi marta Yevropaga olib kirildi.
1949 yil — AQSh Senati Shimoliy Atlantika shartnomasini ratifikatsiya qildi.
1969 yil — Inson ilk marotaba Oyga ilk qadam qoʻygan. Amerikalik astronavt Nil Armstrong Oyda yurgan birinchi odamga aylandi. 19 daqiqadan soʻng unga Bazz Oldrin qoʻshildi.
1972 yil – Belfastda qonli juma: “Vaqtinchalik IRA” jangarilarining terrorchilik hujumlari natijasida 9 kishi halok boʻldi, 130 kishi yaralandi.
1973 yil – “Mars 4” uchirildi.
1983 yil – "Vostok" Antarktika stansiyasida sayyoradagi kuzatuvlar tarixidagi eng past harorat qayd etildi – 89,2 °C.
2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga 1 millioninchi murojaat roʻyxatga olindi.
2021 yil – Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xontoʻrayev bilan birga avariyaga uchragan sportchi Jasur Anarboyev "koma" holatidan chiqdi.
2022 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish buyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan.
- Oʻzbekistonda asosiy stavka yillik 15 foizgacha pasaytirilgan.
- Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 21 iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Qirgʻizistonning Choʻlponota shahriga tashrif buyurgan.
- Istanbulda Ozarbayjon, Pokiston va Turkiya parlamentlari raislari – Sohiba Gafarova, Raja Pervaz Ashraf va Mustafo Shentopning uch tomonlama uchrashuvida Istanbul deklaratsiyasi imzolandi.
Tavalludlar.
810 yil – oʻzining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining oʻta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan, olamning yirik mutafakkiri Imom al Buxoriy;
1899 yil – amerikalik yozuvchi, jurnalist, Nobel mukofoti sovrindori Ernest Xeminguyey;
1957 yil – Shvetsiyaning 43-bosh vaziri Stefan Löfven;
1976 yil — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov;
1986 yil — yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan oʻzbek futbolchisi Aziz Ibragimov;
- “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Zilola Roʻziyeva;
1996 yil – “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshraquv raisi matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Rustambek Eshbekov tavallud topgan.