Uy olib, puliga kuyganlar bosh vazir bilan uchrashdi
Ular Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Izzat koʻchasida qurilishi rejalashtirilgan uylardan sotib olgan.
Toshkentda yangi uy uchun pul toʻlab, aldangan fuqarolar bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi.
Ular Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Izzat koʻchasida qurilishi rejalashtirilgan uylardan sotib olgan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 6 iyul kuni ommaviy axborot vositalarida “AZIYA INVEST FAVORIT” MChJ bilan Toshkent shahri, Yashnobod tumanida rejalashtirilgan koʻp qavatli uylardan kvartira sotib olish boʻyicha shartnoma tuzgan bir guruh fuqarolar murojaat tarqalgandi.
Hozirga qadar fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori 300 milliard soʻmdan oshadi.
Mazkur muammoli vaziyatni tezkor hal qilish va uy-joylar qurilishini toʻliq, sifatli va tezkor yakunlab foydalanishga topshirish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilib, unga Ochilboy Ramatov rais etib belgilangandi.