platina.uz
Sport

Turkiy davlatlar oʻrtasida yangi futbol musobaqasi tashkil etiladi

Yigʻilish ishtirokchilari xalqaro miqyosdagi turnirlarni, jumladan, turli yosh toifasidagi jamoalar oʻrtasida jahon chempionatlarini birgalikda tashkil etish imkoniyatlarini ham koʻrib chiqdilar.

Turkiy davlatlar oʻrtasida yangi futbol musobaqasi tashkil etiladi

Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻzaro yangi futbol turnirini yoʻlga qoʻymoqchi. 18 iyul kuni Issiqkoʻlda boʻlib oʻtgan futbol assosiatsiyalari rahbarlarining yigʻilishida bu masala muhokama qilingan.

Bu haqda Qirgʻiziston futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda QFI prezidenti Mederbek Sidiqov, Qozogʻiston futbol federatsiyasi prezidenti Adlet Barmenkulov, Turkmaniston futbol federatsiyasi prezidenti Arslan Aynazarov va Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovlar ishtirok etishdi.

Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash rejalari, qoʻshma loyihalarning asosiy masalalari, shuningdek, infratuzilmani yaxshilash, kadrlar resurslarini koʻpaytirish va yetarli mablagʻ bilan taʼminlash imkoniyatlarini ham muhokama qilgan, deyiladi xabarda.

Yigʻilish ishtirokchilari xalqaro miqyosdagi turnirlarni, jumladan, turli yosh toifasidagi jamoalar oʻrtasida jahon chempionatlarini birgalikda tashkil etish imkoniyatlarini ham koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlariga koʻra, Markaziy Osiyoning turkiyzabon mamlakatlarida futbolni rivojlantirish boʻyicha ish olib boruvchi ishchi guruhini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid