platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sergeliga bordi

Davlat rahbari “Alutex” korxonasidagi ish jarayoni va mahsulotlarni koʻzdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev Sergeliga bordi

Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi “Alutex” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Joriy yil may oyida “Alutex” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan oyna va quyosh panellari uchun profillar tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. Bu korxona 350 dan ortiq turdagi, yiliga 30 ming tonna alyumin profil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Davlat rahbari bu yerdagi ish jarayoni va mahsulotlarni koʻzdan kechirdi.

Korxonaga Italiya, Janubiy Koreya va Turkiyadan eng zamonaviy uskuna va jihozlar keltirib oʻrnatilgan. Natijada 400 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Sentabr oyidan qoʻshimcha yangi 130 turdagi alyumin profillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Import oʻrnini bosishdan tashqari, mahsulotlarning bir qismini eksportga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid