platina.uz
Jamiyat

Ortingizda prezident turibdi — bosh vazir (video)

Hozirga qadar fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori 300 milliard soʻmdan oshadi.

Bugun, Toshkent shahrida Yashnobod tumani, Izzat koʻchasida joylashgan uyga toʻlov qilib, chuv tushgan fuqarolar bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi.

Bosh vazirning arzdorlarga aytishicha, hozirda qurilish kompaniyasi rahbariga ish ochib, qamab yuborilsa, fuqarolar uy va puldan mahrum boʻlishlari mumkin.

Shu sababdan kompaniya mulklari davlat ixtiyoriga oʻtkaziladi va boshqa ishonchli quruvchiga ish topshiriladi. Pul toʻlagan mingdan ziyod fuqaroning uylari qurib beriladi.

"Men bunga vaʼda beraman. Meni prezidentimiz joʻnatdilar. Hozir quruvchini qamab qoʻysak, hamma puliga "uxlaydi". Shu sabab uning mulklari, ishlarini sud asosida davlatga oʻtkazamiz. Bu ishga oʻzim bosh-qosh boʻlaman. Avvalo shartnoma tuzayotganda, hech kim bizdan kelib soʻramagan. Lekin shunday boʻlsada, yordam beramiz.

Pulini qaytarib olmoqchi boʻlganlarga, sud orqali mablagʻlari undirib beriladi" — dedi bosh vazir.

Hukumat rahbariga koʻra, ish yangi quruvchiga oʻtsa, 2024 yil oxirigacha uylar bitkazib beriladi.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 6 iyul kuni ommaviy axborot vositalarida “AZIYA INVEST FAVORIT” MChJ bilan Toshkent shahri, Yashnobod tumanida rejalashtirilgan koʻp qavatli uylardan kvartira sotib olish boʻyicha shartnoma tuzgan bir guruh fuqarolar murojaat tarqalgandi.

Hozirga qadar fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori 300 milliard soʻmdan oshadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid