Oʻzbekiston Koʻrfaz davlatlariga vizasiz rejim joriy etadi

Shuningdek, Mirziyoyev oʻzaro  erkin savdo rejimini joriy etish muhimligini taʼkidlagan.

Siyosat
20-iyul 2023 yil
Oʻzbekiston Koʻrfaz davlatlariga vizasiz rejim joriy etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga koʻra, Oʻzbekiston Koʻrfaz davlatlari (Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Qatar, BAA, Ummon, Bahrayn)ga vizasiz rejim joriy etadi.

Bu haqda prezidentning “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitidagi nutqida maʼlum qilingan. 

Oʻzbekiston rahbarining taʼkidlashicha, Koʻrfaz davlatlari yetakchi kompaniya va banklari bilan amalga oshirilayotgan umumiy loyihalar portfeli 20 milliard dollardan oshadi. 

Shuningdek, Mirziyoyev oʻzaro  erkin savdo rejimini joriy etish, texnik reglamentlarni uygʻunlashtirish va elektron tijoratni rivojlantirish muhimligini taʼkidlagan. 

Shuningdek, Oʻzbekiston rahbari Afgʻoniston masalasini ham koʻtardi.  "Bu yurtda tinchlik oʻrnatmasdan, nafaqat mintaqamiz, balki global xavfsizlikni ham taʼminlash mumkin emas", deydi Shavkat Mirziyoyev.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+