Ayol vazirlar kuni

Platina.uz 19 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Jamiyat
19-iyul 2023 yil
Ayol vazirlar kuni

19 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Yaponiyada Ayol vazirlar kuni.

Voqealar.

1900 yil – birinchi Parij metropoliteni ochilgan. Parij metrosining tarixi 19-asrning oʻrtalarida, Parijda metro qurish boʻyicha birinchi loyihalar paydo boʻlgan paytdan boshlanadi.

1928 yil – Xitoy Yevropa davlatlari bilan barcha "adolatsiz" shartnomalarni bekor qildi.

1940 yil – Angliyada urush davomida yangi mashinalarni sotish taqiqlandi.

1949 yil – Laos Fransiyadan mustaqillikka erishdi.

  • AQSh prezidenti Garri Trumen SSSR oʻzini yoʻq qilishini eʼlon qildi.

1969 yil – Indira Gandi Hindistonning 14 ta yirik bankini milliylashtirishni buyurdi.

1991 yil – B.Yelsin Rossiyaning barcha davlat organlarini “departamentga chiqarish” toʻgʻrisida farmon chiqardi.

  • Xitoylik munajjimlar yaqin orada zilzila boʻlishini bashorat qilganda minglab Tehron aholisi vahima ichida shaharni tark etishdi.

1993 yil – MDH va Boltiqboʻyi davlatlarining mintaqaviy nodavlat telekompaniyalarini birlashtirgan birinchi televizion tarmoqlardan biri – NVS («Nezavisimaya veщatelnaya sistema) eshittirishlarni efirga uzata boshlagan.

  • AQShda armiyaga chaqirilayotganda chaqiriluvchilarning jinsiy oriyentatsiyasi haqida savol berish taqiqlangan (“Soʻrama, aytma” tamoyili).

1994 yil – Leonid Kuchma Ukraina prezidenti lavozimini egalladi. Unga qadar bu lavozimda Leonid Kravchuk boʻlgan.

1996 yil – Andijonda Asaka avtomobil zavodi tantanali ochilgan. Uning barcha uskuna va jihozlari Koreya, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Italiya mamlakatlarida ishlab chiqarilgan ilgʻor avtomatika va texnologiyalardan iborat. Shu kuni  Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan avtomobil zavodida birinchi oʻzbek avtomobili “Neksiya” konveyerdan chiqqan.

  • Atlantada XXVI yozgi Olimpiya oʻyinlari boshlandi, unda rekord darajadagi sportchilar – 10744 kishi (7060 erkak va 3684 ayol) ishtirok etdi.

2003 yil – dunyodagi birinchi til transplantatsiyasi operatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtdi.

2016 yil – Oʻzbekiston hukumati Tojikiston hukumatiga "Rogʻun GESi" boʻyicha rasmiy maktub yoʻllagan. Maktubda bunyod etilayotgan Rogʻun GESi loyihasi 35 yil oldin 70-yillardagi sovet tuzumiga xos gigantomaniya davrida ishlab chiqilgan boʻlib, bugungi zamonaviy talablar va tajribalar uni tubdan qayta koʻrib chiqishni talab qilayotgani qayd etilgan.

2022 yil – Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili hukumat delegatsiyasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi.

2023 yil – Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatida boʻlib oʻtayotgan davlat rahbarlari yigʻilishi hamda ikki tomonlama muzokaralarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham qatnashmoqda.

Tavalludlar

1938 yil — sovet va gruzin aktyori, xonanda, ssenariynavis, kinorejissyor, qoʻshiq muallifi Vaxtang Kikabidze;

1937 yil – Kinorejissyor va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Damir Salimov;

1971 yil – ukrainalik siyosatchi, Kiyev meri (2014 yildan), sobiq ogʻir vazn toifasidagi bokschi, jahon chempioni Vitaliy Klichko tavallud topgan.

 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+