platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekistonliklar uchun "kambagʻallik chegarasi" belgilandi

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan.

Oʻzbekistonliklar uchun "kambagʻallik chegarasi" belgilandi

Oʻzbekistonda 2023 yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming soʻmni tashkil etdi, bu kambagʻallik chegarasi sanaladi deya maʼlum qildi Statistika agentligi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “2023-yil uchun Statistika dasturi”da belgilangan muddatda “Minimal isteʼmol xarajatlari” qiymati hisoblangan.

Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:

— davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;

— mamlakatning kambagʻallik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;

— kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;

— pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid