platina.uz
Iqtisod

Qashqadaryoda yuz milliardlab mablagʻlar yoʻl va elektr energiya muammolariga ajratiladi

Mazkur qaror eʼlon qilingandan kuchga kirishi belgilangan.

Qashqadaryoda yuz milliardlab mablagʻlar yoʻl va elektr energiya muammolariga ajratiladi

Qashqadaryoda respublika byudjetidan ajratilgan ikki yuz milliard soʻm elektr energiya, ichimlik suvi va oqova suv taʼminoti, ichki yoʻllarni taʼminlash va ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflanadi.

Bu haqda viloyat deputatlari kengashi qarori eʼlon qilindi.

Jumladan, "Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik" festivalining viloyat bosqichi, voleybol musobaqasi va boshqalar uchun 1 mlrd. 839 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi belgilangan.

Qarshi shahar hokimligi binosi taʼmirlashdagi qarzdorlik uchun 186,4 mln. soʻm ajratiladi.

Dehqonobod tumani, "Pudinali Oqqishloq" MFYga ichimlik suvi tarmoqlarini qurish uchun 1 mlrd. 435 mln soʻm, Shahrisabz bashhri tarixiy maydonida obodonlashtirish va koʻkalamazorlashtirish uchun 1 mlrd. 853 mln soʻm ajratilishi belgilangan.

Mazkur qaror eʼlon qilingandan kuchga kirishi belgilangan.

Avvalroq, Qashqadaryoda ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshgani xabar qilingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid