Afgʻonistonda monarxiya qulagan kun
Platina.uz 17 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

17 iyul sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
- Xalqaro jinoiy adolat kuni.
- Butunjahon emodzi kuni.
- Slovakiyada mustaqillik kuni
Voqealar.
1775 yil — AQShda dunyodagi birinchi harbiy gospital ochildi.
1868 yil – Yaponiya poytaxti Kiotodan Tokioga koʻchirildi.
1902 yil – 25 yoshli amerikalik Uillis Carriyer birinchi konditsioner dizaynini taklif qildi.
1928 yil – Prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongan meksikalik siyosatchi Alvaro Obregon Mexiko shahrida rasmiy qabul paytida oʻldirildi.
1945 yil – Ikkinchi jahon urushi yakunlangani tufayli Toshkent shahriga harbiylarning birinchi esheloni qaytib keldi. Harbiylarni demobilizatsiya qilish jarayoni 1948 yil boshiga kelib tugadi. Armiya nafaqat demobilizatsiya hisobiga, balki ayrim qism va harbiy oʻquv yurtlari, harbiy boshqaruv organlarining tarqatilishi hisobiga ham qisqarib bordi. Qolgan qismlar va birlashmalar tinchlik davri shtatlariga oʻtkazildi. Bu jarayonlar Turkiston harbiy okrugida ham amalga oshirildi. Frontdan qaytganlar mehnat frontiga jalb etildi.
1966 yil – Sirdaryo pedagogika instituti (hozirgi Guliston davlat universiteti)ga Gʻafur Gʻulom nomi berildi.
1973 yil — Afgʻonistonda monarxiya agʻdarilib, respublika eʼlon qilingan.
1976 yil – Monrealda XXI Olimpiya oʻyinlari boshlandi.
1992 yil – Slovakiya deputatlari Slovakiyaning Chexoslovakiyadan ajralib chiqishi va oʻz suveren davlatini yaratish uchun ovoz berganidan soʻng, Chexoslovakiya Prezidenti Vatslav Havel isteʼfoga chiqdi.
1994 yil — Braziliya terma jamoasi Italiya termasini magʻlub etib, futbol boʻyicha toʻrtinchi marotaba jahon chempioni boʻldi.
1995 yil – Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan savdo shartnomasini imzoladi.
2011 yil — Oʻzbekiston xalqaro transport yoʻlagi boʻyicha bitimni tasdiqladi.
2015 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2035 yil davrigacha Termiz shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
2018 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Tavalludlar
1937 yil – hajvchi yozuvchi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Neʼmat Aminov;
1947 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova;
1954 yil — Angela Merkel, nemis siyosatchisi, Germaniya kansleri (2005-2021);
2002 yil – Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzosi, Oʻzbekiston chempioni Malikova Marjona Abdumajid qizi tavallud topdi.