Ramzan Qodirov ishdan olib tashlanadimi? Chechen rahbari javob berdi
Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oʻta ijobiy aloqada ekani aytiladi.

Chechenistonni boshqarib kelayotgan Ramzan Qodirov respublika rahbari saylovida ishtirok etishni rejalashtirayotganini, uni ishdan olib tashlab, "boshqa odamni qoʻyilishi" haqidagi xabarlar yolgʻonligini maʼlum qildi.
Uning soʻzlarini "Grozniy Inform" agentligi keltirmoqda.
“Muddati tugagach, Yaratganning izni bilan men yana saylovga boraman, xalq saylasa, ishlashda davom etaman”, degan Checheniston rahbari hukumat yigʻilishida.
Qodirov “ishdan olib tashlanishi” va uning oʻrniga boshqa shaxs kelishi haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi. Siyosatchi uning oʻrniga “hech kim qidirilmayotgani” va kimnidir izlashga “yoʻl qoʻymasligini” taʼkidladi.
Ramzan Qodirov Checheniston Respublikasini 2007 yildan beri uzluksiz boshqarib keladi. 2021 yilda rasmiy maʼlumotlarga koʻra, u 99,7% ovoz bilan saylovda gʻalaba qozongan va oʻz rekordini yangilagan. Qodirovning vakolat muddati 2026 yilda tugaydi.
Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oʻta ijobiy aloqada ekani aytiladi.