Suv boʻyicha muzokaralar qizgʻin tus ola boshladi
Turkiston, Qiziloʻrda va Jambil viloyatlaridagi suv havzalarida suv yetarli darajada emas.

Qozogʻiston hukumati qoʻshni davlatlar bilan sugʻorish uchun suv yetkazib berish hajmini oshirish boʻyicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda AkiPress xabar bermoqda.
Ushbu qoʻshni davlatlar Oʻzbekiston va Qirgʻizistondir. Qozogʻiston hududiga Sirdaryo suvi aynan shu ikki davlat hududidan kirib keladi.
Xabarda aytilishicha, Qozogʻiston hukumati mamlakat janubiy viloyatlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini suv bilan taʼminlash masalasini muhokama qilgan.
Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Zulfiya Sulaymenovaning soʻzlariga koʻra, Olmaota, Jambil, Qiziloʻrda va Turkiston viloyatlaridagi oʻsimliklar quruq gidrologik sikldan zarar koʻrgan. Olmaota va Jetisu viloyatlarida vaziyat barqaror.
Turkiston, Qiziloʻrda va Jambil viloyatlaridagi suv havzalarida suv yetarli darajada emas. Ekologiya vazirligi Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning tarmoq idoralari bilan suv taʼminoti jadvali boʻyicha ish olib boradi.
Bosh vazir Alixan Smailov suv yoʻqotilishini kamaytirish va umuman agrosanoat sohasiga suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida gidroenergetika inshootlarini reabilitatsiya qilish, modernizatsiya va raqamlashtirishni faollashtirish boʻyicha topshiriq berdi.
Qozogʻiston hukumati qoʻshni davlatlar bilan sugʻorish suvi yetkazib berish hajmini oshirish boʻyicha muzokaralar olib boradi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻiston Sirdaryodan foydalanish boʻyicha kelishuvlarni qayta koʻrib chiqmoqchi ekani maʼlum boʻlgandi.