Shifokor organizmni tez qaritadigan mahsulotlardan ogohlantirdi
Bundan tashqari, bu ovqatlar yuqori xolesterin, diabet va kolorektal saratonga olib kelishi mumkin

Uyqusizlik va chekish organizmga salbiy taʼsir koʻrsatishi va qarish jarayonini tezlashtirishi mumkin, ammo ajinlar, terining qurib borishi kabi jarayonlar asosida notoʻgʻri ovqatlanish turadi.
Bu haqda terapevt Kamila Isayeva maʼlumot bergan. Mutaxassis yoshlikni uzaytirish va salomatlikni saqlash uchun bir qator mahsulotlardan voz kechishni maslahat berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, turli xil oziq-ovqat qoʻshimchalari qarishni tezlashtirishi mumkin — konservantlar, boʻyoqlar va quyuqlashtiruvchi moddalar, shuningdek, shakar. Ratsionda uning ortiqcha boʻlishi, birinchi navbatda, terining holatiga salbiy taʼsir qiladi, organizmdagi protein glikatsiyasini, toksinlar hosil boʻlishini va teri kollagenini yoʻq qiladi.
Dunyoda oʻlimning asosiy sabablaridan biri yurak-qon tomir kasalliklari boʻlib, ularning xavfi kolbasa va boshqa qayta ishlangan goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qilish bilan ortadi, deya ogohlantirdi shifokor.
Bundan tashqari, bu ovqatlar yuqori xolesterin, diabet va kolorektal saratonga olib kelishi mumkin. Isayeva bunday mahsulotlarni sogʻlom goʻsht mahsulotlari bilan almashtirishni maslahat beradi.
Masalan, baliq mahsulotlari tavsiya etiladi.
Terapevt ovqatni yuqori harorat taʼsirida ozuqa moddalari, vitaminlar va minerallarning 90 foizini yoʻqotadigan sharoitda pishirmaslikni tavsiya qildi.
Avvalroq, shifokor jazirama muzdek suv ichishning oqibatlaridan ogohlantirgandi.