platina.uz
Jahon

Jek Ma Xitoy hukumati bilan kelishmovchilik sabab misli koʻrilmagan mablagʻ yoʻqotdi

Baʼzi manbalarga koʻra shaxsan XXR raisi Si Szinpinning oʻzi Jek Mani tanqid qilgani aytiladi.

Jek Ma Xitoy hukumati bilan kelishmovchilik sabab misli koʻrilmagan mablagʻ yoʻqotdi

Milliarder Jek Ma tomonidan asos solingan Xitoyning Ant Group va Alibaba kompaniyalari biznesmen va Xitoy rasmiylari oʻrtasidagi ziddiyat tufayli 850 milliard dollardan koʻproq zarar koʻrgan. Bu haqda Bloomberg oʻz hisob-kitoblariga asoslanib yozmoqda.

Agentlikning eslatishicha, milliarder qariyb uch yil avval Xitoy regulyatorini tanqid qilganida "qora roʻyxat"ga tushgan. Hatto baʼzi manbalarga koʻra shaxsan XXR raisi Si Szinpinning oʻzi Jek Mani tanqid qilgani aytiladi.

Shundan soʻng, uning fintech startapi Ant Groupning IPOsi bekor qilindi va IT giganti Alibaba bir necha qismlarga boʻlib yuborildi.

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Ant Group oʻz biznes modelini qayta koʻrib chiqishga majbur boʻldi, davlat banklari bilan raqobat qilishdan bosh tortdi va baʼzi iqtisodiy operatsiyalarini toʻxtatdi.

Shu sababli kompaniyaning taxminiy qiymati 315 milliard dollardan 78,5 milliard dollarga tushib ketdi.

Agentlik tahlilchilarining hisob-kitoblariga koʻra, Alibaba aksiyalari Ant Group boʻyicha tergov yakunlangan bir paytda 8 foizga oshgan va kompaniyaning qiymati hozirda taxminan 234 milliard dollarga yetgan.Ammo bu kompaniyaning 2020 yildagi eng yuqori qiymatidan 620 milliard dollarga kam.

Mart oyi oxirida The Wall Street Journal Jek Ma bir yil xorijda boʻlganidan keyin Xitoyga qaytganini yozgandi. Qayd etilishicha, tadbirkor oʻtgan yilning asosiy qismini Yaponiyada oʻtkazgan, Xitoy Yangi yilini esa Gonkongda nishonlagan. Bundan tashqari, u yaqinda Singapur va Avstraliyaga sayohat qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid