platina.uz

Bugun 2 viloyat hokimining tugʻilgan kuni

Platina.uz 10 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Jamiyat
10-iyul 2023 yil
Bugun 2 viloyat hokimining tugʻilgan kuni

Platina.uz 10 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Voqealar

  • 1747 yil – hijriy 1160 yil rajab oyining ikkinchi kunida (milodiy 1747 yil 10 iyul) Buxoro xonligi taxtiga Abulfayzxonning oʻn ikki yoshli oʻgʻli Abdulmoʻmin oʻtqizildi. U hech qanday hokimiyatga ega boʻlmay, butun hokimiyat amalda uning qaynotasi Muhammad Rahimbiyning qoʻlida edi. Buxoro xonligida Abdulmoʻminxonning hukmronligi 1751 yilgacha davom etdi.
  • Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, Abulfayzxonning yetti farzandi bor edi. U mast chogʻida ularni oʻlimga mahkum etadi. Hali goʻdak boʻlgan Abdulmoʻmingina taxt ostiga yashirinib, omon qoladi. Otasi Abulfayzxon bosh vazir Muhammad Rahimbiy tomonidan oʻldirtirilgach, taxtga oʻtirgan Abdulmoʻminxonning taqdiri ham otasiniki kabi yakun topadi.
  • 1878 yil – Angliyada birinchi marta futbol hakami oʻyin paytida hushtak ishlatdi (bundan oldin hakamlar qichqirgan).
  • 1890 yil — Vayoming AQShning 44-shtatiga aylandi.
  • 1908 yil – Gollandiyalik fizik Xayke Kamerling-Onnes dunyoda birinchi boʻlib suyuq geliyni oldi.
  • 1925 yil – "Maymunlar sinovi" boshlandi – oʻz maʼruzalarida Charlz Darvinning evolyutsiya nazariyasi asoslarini belgilab bergan oʻqituvchi Jon Scopes (Jon Tomas Scopes) ustidan sud jarayoni boshlandi.
  • 1931 yil – Bolsheviklarning Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti Siyosiy byurosi bir necha ming muhandis va texnik xodimlarni qamoqxonalardan ozod etishga qaror qildi.
  • 1934 yil – sobiq SSSR NKVD tuzildi.
  • 1965 yil – Leningrad “Oltin yulduz” bilan taqdirlangan (shaharning 4-mukofoti).
  • 1973 yil – Bagama orollari Buyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qildi.
  • 1985 yil – Uchquduq yaqinida Tu-154 samolyoti halokatga uchradi. 200 kishi halok boʻldi – bu sobiq sovet aviatsiyasi tarixidagi eng yirik samolyot halokati boʻlgan.
  • 1992 yil – Oʻzbekiston Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarini oʻrnatdi. Niderlandiya Oʻzbekiston suverenitetini 1991 yil 31 dekabrda tan olgan.
  • 1994 yil – Britaniya Gran-prisi: Mixael Shumaxerning birinchi jahon chempionligi uchun kurashi boshlandi.
  • 2001 yil – Moskva shahar dumasi poytaxtda tungi vaqtda hushtak chalishni, qoʻshiq aytishni va shovqin koʻtarishni taqiqladi.
  • 2011 yil – "Bolgariya" kemasi Volgada choʻkib ketdi. 122 kishi vafot etdi, 79 kishi qutqarildi.
  • 2013 yil – Vazirlar Mahkamasining “ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2016 yil – UYeFA Yevro-2016 finali: Portugaliya Parijdagi qoʻshimcha vaqtdan soʻng Fransiyani magʻlub etdi.
  • 2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Tavalludlar

  • 1856 yil – serb-amerikalik fizik va elektrotexnika va radio ixtirochisi Nikola Tesla;
  • 1918 yil – adabiyotshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Mahmudali Yunusov;
  • 1923 yil – kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Abdurahim Muhamedov;
  • 1934 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Javlon Hamroyev;
  • 1949 yil – Toshkent shahar hokimi, Toshkent viloyati hokimi, shuningdek, 2017 yildan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi lavozimlarida ham faoliyat olib borgan Kozim Toʻlaganov;
  • 1954 yil – taniqli oʻzbek dublyaj aktyori Sanjar Saʼdullayev,
  • 1961 yil –oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ravshan Namozov;
  • 1969 yil – Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov;
  • 1974 yil – oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi, 2022-yildan Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev;
  • 1981 yil – oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022-yildan Xorazm viloyati hokimi Joʻrabek Rahimov tavallud topgan.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+