Meksikada misli koʻrilmagan issiq oqibatida yuzdan oshiq kishi halok boʻldi
Oʻlimning eng keng tarqalgan sabablari issiqlik urishi va suvsizlanishdir.

Meksikada 100 nafardan ortiq kishi gʻayrioddiy jazirama qurboni boʻldi.
12 iyundan 25 iyungacha oʻta yuqori harorat tufayli 104 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda DW Meksika sogʻliqni saqlash vazirligiga asoslanib.
Oʻlimning eng keng tarqalgan sabablari issiqlik urishi va suvsizlanishdir.
Issiqlikdan asosan mamlakat shimoli va toʻqqiz million aholisi boʻlgan poytaxt Mexiko zarar koʻrdi. Eng koʻp qurbonlar soni (64 kishi) shimoli-sharqdagi Nuyevo-Leon shtatida, undan keyin esa AQShning Texas shtati bilan chegaradosh qoʻshni Tamaulipas shtatida kuzatildi.
Shuningdek, Meksikaning odam gavjum boʻladigan AQSh bilan chegarasida 16 ta maxsus yordam punkti tashkil etilgan.
Iyun oyining soʻnggi haftasida mamlakat shimoli-gʻarbidagi Sonora shtatida rekord darajadagi 49 daraja harorat boʻyicha qayd etildi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Odatda yozgi harorat 30 dan 45 darajagacha oʻzgarib turadi. Soʻnggi kunlarda termometr biroz pasaydi, ammo 1 iyuldan boshlab mamlakatda qurgʻoqchilik xavfini keltirib chiqaradigan yangi issiqlik toʻlqini paydo boʻlishi mumkin.