Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 7 yillik yangi dastur ishlab chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev Rimda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunʼyuy bilan uchrashuvda shunga kelishib oldi.
Oziq-ovqat xavfsizligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, Orolboʻyining ekologik muammolarini hal qilish va boshqa sohalarda aniq loyiha va tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan 2030 yilga qadar hamkorlik boʻyicha yangi keng koʻlamli dastur ishlab chiqiladi.
Shavkat Mirziyoyev Rimda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunʼyuy bilan uchrashuvda shunga kelishib olgan.
Uchrashuvda agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, FAO shafeligida Samarqandda oʻtkaziladigan yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilingan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda FAO ofisi faoliyat yuritadi. Oxirgi bir necha yilda hamkorlik portfeli uch barobar kengaygan. Bu yer va suvdan foydalanish, agrosanoat majmui, oʻrmon xoʻjaligi, ekologiya, chorvachilik va koʻplab boshqa yoʻnalishlarni qamrab olgan.