platina.uz
Jamiyat

Dunyodagi ilk mashina oʻgʻirligi sodir boʻlgan kun

Platina.uz 8 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Dunyodagi ilk mashina oʻgʻirligi sodir boʻlgan kun

Butunjahon okeanlar kuni. Yer okeanlarining ulugʻvorligini va ular taqdim etayotgan iqtisodiy, estetik va ekologik xizmatlarni sharaflaydigan bayram. Ushbu kun har yili okeanlar va ulardagi dengiz ekotizimi haqida xabardorlikni oshirish maqsadida nishonlanadi.

Okeanlar kunini nishonlash gʻoyasini ilk marta Kanada delegatsiyasi 1992 yilda Rio-de-Janeyroda BMTning Atrof-muhit va rivojlanish konferensiyasida taklif qilgan edi, biroq, bu oradan 6 yil oʻtib, rasmiy tasdiqlandi.

Xalqaro yaqin doʻstlar kuni. Bundan 88 yil oldin AQSh Kongressi aʼzolari kunni eng yaqin doʻstlariga bagʻishlashga qaror qilishdi. Bu sana odatda mamlakatning barcha hududlarida ochiq havoda dam olish uchun juda mos keladi. Biroq vaqtlar oʻtishi bilan bu kun bayram sifatida boshqa mamlakatlarda ham nishonlana boshladi.

Qizigʻi shundaki, aynan shu bayram tufayli “Doʻst ayollar”, “Doʻst erkaklar” va “Eski doʻstlar” kabi boshqa bayramlar ham paydo boʻldi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi bayramning yanada kengayishiga sabab boʻldi. Bugun doʻstlar oʻz ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali bir-birlarini tabriklaydilar.

Voqealar

1861 yil Tennessi shatatidagi referendumda aholining uchdan ikki qismi AQSh tarkibidan chiqishni yoqlab ovoz berdi.

1896 yil – dunyodagi ilk mashina oʻgʻirligi sodir etildi.

1949 yil – Jorj Oruyellning "1984" kitobi nashrdan chiqdi. Totalitar jamiyat dahshatlari aks etgan bu asar bestseller roman hisoblanadi.

1968 yil – Bermud orollari uchun mustamlakachilik konstitutsiyasi qabul qilindi.

1996 yil – Xitoy Lop Nor shahrida yadroviy qurolni sinovdan oʻtkazdi.

2001 yil - Texas va Luiziana shtatlarida yuz bergan "Allison" tropik boʻroni tufayli 22 kishi halok boʻldi. Oʻshanda shamol tezligi soatiga 60 kmdan oshgan va mintaqada katta suv toshqini sodir boʻlgan edi.

Tavalludlar

1570 yil – Boburiylar sulolasi shahzodasi, Akbar shoh va Bibi Salima Sultonning oʻgʻli, Malva, Berar va Assam hokimi Sultonmurod Mirzo;

1867 yil – dunyo boʻylab 100 dan ortiq shogirdlariga ega, mashhur arxitektor Frank Loyd;

1916 yil – DNKning spiralsimon tuzilishini aniqlagan biolog Frankis Krik;

1921 yil – Indoneziyada eng uzoq vaqt prezidentlik qilgan Suharto;

1925 yil – Jorj Bushning rafiqasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari birinchi xonimi Barbara Bush;

1943 yil – amerikalik aktyor Kolin Beyker;

1955 yil – WWW (butunjahon internet tarmogʻi) ixtirochisi Tim Berners-Li;

1961 yil zbek siyosatchisi, 2019 yil 8 yanvardan boshlab, Oʻzbekiston Ekologik partiyasining rahbari, 2019 yil dekabridan, 4-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati, iqtisod fanlari nomzodi Boriy Alixanov;

1981 yil – Amerika prezidenti Jo Baydenning qizi, mashhur dizayner, faol xayriyachi Ashley Bleyzer Bayden;

1982 yil – mashhur rus tennischisi Nadia Petrova tavallud topgan.

1996 yil – oʻzbek professional futbolchisi, Hindiston 1-ligasining NEROCA klubida yarim himoyachi Sardor Jaxonov;

2002 yil –Oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston U23 va "Neftchi" klubi darvozaboni Vladimir Nazarov tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid