Buxoroda ispaniyalik turist vafot etdi
U tobi qochib yiqilganidan soʻng 22 daqiqa oʻtib, tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga yetib borgan.

7 iyun kuni 1958 yilda tugʻilgan Ispaniya fuqarosi Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Haqiqat koʻchasini aylanib tarixiy buyumlar savdo rastasi oldida savdolashib turgan vaqtida toʻsatdan hushidan ketib, voqea joyida vafot etgan.
U tobi qochib yiqilganidan soʻng 22 daqiqa oʻtib, tez tibbiy yordam xodimlari voqea joyiga yetib borgan. Bu haqda Platina.uz’ga Bosh prokuratura tasdiqladi.
Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
2 iyun kuni esa Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida 2002 yilda tugʻilgan Nexia-2 haydovchisi velosiped haydab ketayotgan 67 yoshli Italiya fuqarosini (ayol kishi) urib yuborgan. Ayol olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.