platina.uz
Jamiyat

Surxodaryodan Toshkentga boruvchi yoʻl ikki martaga qisqaradi

Oʻtgan yili prezident Surxondaryoga tashrifi chogʻida Boysun - Denov yoʻlining abgor holatini oʻzi koʻrib, mashina haydagan va hokimiyatni tanqid qilgandi.

Surxodaryodan Toshkentga boruvchi yoʻl ikki martaga qisqaradi

Surxondaryo viloyati hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi avtomagistrallar birlashtirilib, Toshkent shahriga olib boruvchi 298 kilometr uzunlikdagi yoʻl 146 kilometrga qisqaradi va 152 kilometrni tashkil etadi.

Ayni paytda viloyatda xalqaro ahamiyatga ega ikkita trassa birlashtirilyapti va Toshkentga yuklarni yetkazish vaqtini qisqartiradigan yangi yoʻl qurilmoqda.

Osiyo traqqiyot banki mablagʻlari hisobidan Surxondaryo viloyatidagi 4R105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yoʻlining 5-70-kilometr (65 kilometr) qismi va 4R100 “Mangʻuzor-Jarqoʻrgʻon-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yoʻlining 128-174-kilometr (46 kilometr) qismi rekonstruksiya qilinyapti.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili prezident Surxondaryoga tashrifi chogʻida Boysun - Denov yoʻlining abgor holatini oʻzi koʻrib, mashina haydagan va hokimiyatni tanqid qilgandi.

Keyinroq tarqalgan xabarlarda esa hokimiyat davlat rahbarini aldagani, Boysun - Denov yoʻli aslida boshqa ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hokimiyat bunga izoh bermagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid