Livan Isroildan toʻliq ozod boʻlgan kun
Platina.uz 7 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 7 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Butunjahon oziq-ovqat xavfsizligi kuni. Ushbu kun butun dunyo eʼtiborini ifloslangan suv va oziq-ovqatning sogʻliq uchun zararli oqibatlariga qaratish uchun nishonlanadi. Shuningdek, bunda oziq-ovqatdan zaharlanish xavfini kamaytirish maqsad qilingan.
Butunjahon gʻamxoʻrlik kuni. Barchani oʻzaro gʻamxoʻrlik qilishga, mehribon insonlarni esa qadrlashga chaqiradigan kun tarixi 1997 yil 7 iyunda Brighid ismli chaqaloqning toʻqqiz kunlik hayotidan boshlanadi. Aynan u tugʻilgandan soʻng, dastur muhandisi Sona Mehring birinchi CaringBridge veb-saytini yaratdi va chaqaloq Brighidning sogʻligʻi haqidagi yangiliklarni onlayn tarzda yaqinlari bilan baham koʻrdi. Oʻsha paytda ijtimoiy media platformalari mavjud boʻlmagani uchun veb-sayt yaratish gʻoyasi inqilobiy edi.
Ushbu oddiy gʻamxoʻrlik harakati domino effektini keltirib chiqardi, natijada CaringBridge deb nomlanuvchi global tarmoq paydo boʻldi. Tashkilot oilalarga gʻamxoʻrlik, qulaylik va doimiy yordam koʻrsatishga koʻmaklashadi. 2022 yilda CaringBridge’ga butun dunyodan taxminan 45 million kishi “tashrif” buyurdi.
Voqealar
1498 yil – taniqli sayohatchi Xristofor Kolumb uchinchi sayohatiga chiqdi.
1585 yil – ingliz dengiz sayyohi Jon Devis Angliyadan Hindistonga shimoliy yoʻlni topish uchun birinchi sayohatini boshladi.U ingliz lordining yagona oʻgʻli va merosxoʻri edi, lekin yigirma bir yoshida Liverpul dengiz fakultetini tugatgandan soʻng, u qirollik xizmatidan koʻra qaroqchining taqdirini afzal koʻrdi va otasining kemalaridan birida dengizga ketdi.
1628 yil – Huquq toʻgʻrisidagi ariza (Angliyaning asosiy qonunlaridan biri) qirol Karl I tomonidan maʼqullandi va qonunga aylandi.
1929 yil – Lateran shartnomasi kuchga kirdi va Vatikan muqaddas taxt suvereniteti ostidagi mustaqil davlat sifatida tan olindi.
1981 yil – Isroil harbiy havo kuchlari tomonidan kutilmagan hujum sodir etilib, Iroqning 17 km masofadagi qurilishi bitkazilmagan reaktorini yoʻq qildi.
2000 yil – BMT tomonidan Livanning Isroildan toʻliq chiqib ketganini aniqlashtirib turuvchi “Koʻkchiziq” eʼlon qilindi.
2022 yil – Oʻzbekistonda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.
- Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi va kuchga kirdi.
Tavalludlar
1770 yil – davlat arbobi, 1812 yildan 1827 yilgacha Birlashgan Qirollikning bosh vaziri vazifalarini bajargan Robert Benks Jenkinson;
1909 yil– amerikalik ogʻir toifa bokschisi Jeyms Breddok;
1970 yil – braziliyalik futbolchi Kafu;
1981 yil – rossiyalik tennischi Anna Kurnikova;
1989 yil – oʻzbekistonlik futbolchi Gʻulom Oʻrunov;
1989 yil – Oʻzbekiston milliy axborot agentligi direktori oʻrinbosari, huquqshunos, bloger Xushnud Xudoyberdiyev;
1997 yil – oʻzbek dzyudochisi (90 kg. vazn toifasida), 2022 yilgi dzyudo boʻyicha jahon chempionati oltin medali sohibi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Davlat Bobonov.
