325 yil oldingi Iyd bayramidan Markaziy bank raisi tayinlovigacha
Platina.uz 6 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

BMTda rus tili kuni – bugun koʻp tillilik va madaniy xilma-xillikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish dasturi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Rus tili kunini nishonlaydigan sana. Ushbu dasturning maqsadlaridan biri BMTning barcha oltita rasmiy tillari: ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarining tengligini taʼminlashdan iborat.
Voqealar
1396 yil – bundan 625 yil oldin sohibqiron Amir Temur Hamadon viloyatida Iyd bayramini oʻtkazishni buyurdi. Bir oy bayram qilgach, Samarqandga qaytishga qaror qildi.
1882 yil – elektr dazmol patentlangan.
1942 yil - birinchi sintetik matodan qilingan parashyutdan sakrash amalga oshirildi.
1984 yil — Tetris oʻyini yaratildi. Boshqotirma turidagi mazkur oʻyin sovet dasturchisi Aleksey Pajitnov tomonidan ixtiro qilingan va ishlab chiqilgan. Tetris – bu toʻrt kvadratdan iborat poliominoning bir turi - "tetrominos" ning geometrik shakllariga asoslangan boshqotirma oʻyini. "Tetris" gʻoyasi Pajitnovga pentomino oʻynash orqali taklif qilingan. Oʻyinning asl nusxasi Pajitnov tomonidan Elektronika-60 kompyuteri uchun Paskal dasturlash tilida yozilgan. Oʻyinning tijorat versiyasi 1987 yilda Amerikaning Spectrum HoloByte kompaniyasi tomonidan chiqarildi. Keyingi yillarda Tetris juda koʻp turli xil versiyalarda turli xil qurilmalarga, jumladan, barcha turdagi kompyuterlar va oʻyin pristavkalariga, shuningdek, grafik kalkulyatorlar, mobil telefonlar, media pleyerlar, shaxsiy raqamli yordamchilar kabi qurilmalarga koʻchirildi. Oʻyin doimiy ravishda shaxsiy platformalarda va umuman tarixda eng yaxshi kompyuter oʻyinlari roʻyxatida paydo boʻldi. 2007 yilda Tetris Kongress kutubxonasi tomonidan saqlash uchun qabul qilingan eng muhim oʻnta kompyuter oʻyinlaridan biri deb topildi.
1991 yil – bundan 30 yil oldin “Xalqlar doʻstligi ordenli Toshkent xalq xoʻjaligi ilmgohini Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununiga aylantirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
1992 yil – bundan 29 yil oldin “Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
2017 yil – Mamarizo Nurmatov Markaziy bank boshqaruvi raisligiga tasdiqlandi.
Tavalludlar
1599 yil – ispan rassomi. “Silva Velaskes”, “Graf Olivares”, “Filipp IV”, “Mavrlarni surgun qilish” “Shoh Filipp IVning otdagi surati”, “Shuta Kalaba-Silyas”, “Bredning topshirigʻi” singari portretlarni yaratgan Diyego Velaskes.
1606 yil – fransuz dramaturgi, klassitsizmning asoschilaridan biri, “Melita”, “Beva” komediyalari va “Sid”, “Medeya”, “Goratsiya” kabi tragediyalari bilan mashhur, “Yinna yoki Avgust marhamati”, “Pompeyning oʻlimi”, “Irakliy yoki Sharq sultoni”, “Edip”, “Otton”, “Atilla – xunnlar shohi”, “Tit va Berenika” singari dramalar muallifi Kornel Per tavallud topgan.
1799 yil – rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi, “Boqchasaroy fontani”, “Loʻlilar”, “Graf Nulin”, “Poltava”, “Mis Chavandoz” kabi dostonlari, “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romani, “Boris Godunov”,”Xasis ritsar”, “Tosh mehmon”, “Motsart va Saleri” tragediyalari hamda “Belkin qissalari”, “Kapitan qizi” kabi nasriy asarlar muallifi Aleksandr Sergeyevich Pushkin;
1865 yil – nemis adibi, “Bahorgi jala” deb nomlangan adabiy-falsafiy jurnalning tashkilotchisi, “Tristian” hikoyalar toʻplami, “Buddenbroklar”, “Sehrli togʻ”, “Lotta Veymarda” romanlari hamda “Iosif va uning akalari” tetralogiya muallifi, 1929 yilda “Buddenbroklar” romani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan adib Paul Tomas Mann tavallud topgan.