platina.uz
Jamiyat

Jurnalistni soʻkkan shaxsga ish ochildi

Osiyo koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining oldida u jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan jamoat tartibini buzgan.

Jurnalistni soʻkkan shaxsga ish ochildi

Toshkentda MY-5 telekanali jurnalistini haqorat qilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy ish ochilgan. Bu haqda shahar IIBB xabar beryapti.

Ularning talqiniga koʻra, Mirzo Ulugʻbek tumani Osiyo koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining oldida 1993 yilda tugʻilgan M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan jurnalist O.Teshayev bilan ogʻzaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan.

Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi ("Mayda bezorilik") bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Aytilishicha, hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, jurnalist koʻp qavatli uyda noqonuniy qurilish boʻyicha tushgan murojaatni oʻrganish uchun borgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid