platina.uz
Jahon

"Fransiyalik Jorj Floyd": Politsiyachi kelib chiqishi afrikalik boʻlgan fuqaroni otib oʻldirdi

Norozilik epitsentri Parijning gʻarbiy chekkasidagi ishchilar yashaydigan Nanter shahri boʻlib, seshanba kuni fojiali voqea xuddi shu shaharda  yuz berdi. 

"Fransiyalik Jorj Floyd": Politsiyachi kelib chiqishi afrikalik boʻlgan fuqaroni otib oʻldirdi

Fransiyada politsiya xodimi kelib chiqishi asli jazoirlik boʻlgan 17 yoshli oʻsmirni otib qoʻygandan keyin, mamlakatni namoyishlar toʻlqini qamrab oldi.

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron norozilik namoyishlari fonida Vazirlar mahkamasi bilan favqulodda yigʻilish oʻtkazdi.

"Soʻnggi bir necha soat zoʻravonlik va politsiya uchastkalari, maktablar va shahar hokimiyatlariga hujumlar sahnalari bilan ajralib turdi", dedi Makron uchrashuvni ocharkan.

Payshanba oqshomida (tartibsizlikning ikkinchi kechasi) politsiya 150 ga yaqinni hibsga oldi, dedi ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin. Uning soʻzlariga koʻra, tarang vaziyat turli etnik qatlamlar yashaydigan yirik shaharlarining chekka hududlarida kuzatilmoqda.

Norozilik epitsentri Parijning gʻarbiy chekkasidagi ishchilar yashaydigan Nanter shahri boʻlib, seshanba kuni fojiali voqea xuddi shu shaharda yuz berdi:

“Mersedes”ni boshqarayotgan 17 yoshli Nael M. politsiya patruli tomonidan toʻxtatildi, u qoidalarni buzgan va politsiyaga boʻysunmagani uchun otib oʻldirilgan.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, Fransiyaning turli hududlaridagi Lill, Tuluza, Amyen, Dijon va boshqa shaharlarda politsiya bilan toʻqnashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, namoyishchilar mashinalarga oʻt qoʻygan, doʻkon oynalari va binolarni sindirgan, politsiyachilarga Molotov kokteyli uloqtirgan.

Oʻsmirni toʻxtatgan politsiyachilar tergov ostida. Payshanba kuni prokuratura oʻsmirga nisbatan oʻqotar qurol qoʻllash qonunga xilof ekanligini aytdi.

Inson huquqlari tashkilotlari fransuz politsiyasini tizimli irqchilikda ayblamoqda, biroq fransuz hukumati bu fikrni inkor qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shunga oʻxshash voqealar 2020 yil AQShda kuzatilgandi, oʻshanda oq tanli politsiyachi qora tanli fuqaro Jord Floydni ushlash asnosida boʻgʻib oʻldirib qoʻygandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid