Jurnalistlar tazyiqqa uchragani aytilmoqda
Bu holatga hozircha tegishli organlar munosabat bildirmadi.

Bugun MY5 — "Mening yurtim" telekanali jurnalistlari, jumladan, jurnalist Nozimjon Teshayev Toshkentdagi noqonuniy qurilishni oʻrganish uchun borganda tazyiqqa uchragan.
Xabarlarga koʻra, koʻp qavatli uyda noqonuniy qurilish qilayotgan shaxs ularni kurakda turmaydigan gaplar bilan harorat qilgan va jurnalist faoliyatini olib borishga gʻov boʻlgan.
Bu holatga hozircha tegishli organlar munosabat bildirmagan.