Hindistonda dahshatli halokat: qurbonlar koʻp
Toʻqnashuvda 250 dan ortiq halok boʻlgani aytilmoqda.

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida 2 iyun, juma kuni kechqurun poyezdlar toʻqnashuvi oqibatida kamida 233 kishi halok boʻldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Shuningdek, toʻqnashuv natijasida 900 dan ortiq inson jarohatlangan. Bu son yanada oshishi taxmin qilinmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Hovradan Chennayga ketayotgan "Koromandel ekspress" poyezdi Bahanaga bazaar bekati yaqinida relsdan chiqib ketgan. Xuddi shu stansiya hududida SMVB-HWH Superfast Exp tezyurar poyezdi Sir M. Visvesvaraya vokzali - Hovra yoʻnalishida relsdan chiqib ketgan.
"Bu dahshatli baxtsiz hodisa va qurbonlar soni hali ham sezilarli darajada oshishi mumkin", - deya Balasore shahridan amaldorning soʻzlaridan iqtibos keltirgan The Indian Express.