Xotirani yaxshilashga yordam beradigan foydali mahsulotlar
Ularni haftada ikki marta isteʼmol qilish xotirani yaxshilashi mumkin.

Avakado, baliq, dengiz va don mahsulotlari xotira va boshqa aqliy qobiliyatlarni yaxshilaydi. Bu haqda "Ridus" xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, avakado tarkibida "yomon" xolesterolni kamaytiradigan va buning natijasida miya, yurak va qon tomirlarining sogʻligʻiga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan mono toʻyingan yogʻlar mavjud.
Bundan tashqari, losos, alabalik, skumbriya, seld va sardalya kabi yogʻli baliqlarni koʻproq yeyish tavsiya etiladi, chunki ular omega-3 kislotalariga boy.
Ularni haftada ikki marta isteʼmol qilish xotirani yaxshilashi mumkin.
Bundan tashqari, don va sabzavotlar, ayniqsa quyuq bargli koʻkatlar va lavlagi foydalidir.
Mutaxassislar, shuningdek, hujayralarning erta qarishi va demans rivojlanishining oldini oluvchi antioksidantlarga boy koʻkatlar va uzumni ratsionga kiritishni maslahat berishdi. Bundan tashqari, biz zaytun moyi, yongʻoq va kunjut haqida unutmasligimiz kerak, deyiladi maʼlumotda.
Yalpiz ham foydali mahsulotlar sirasiga kiradi, undan foydalanish miyaga qon oqimini oshiradi, bu konsentratsiya va xotirani yaxshilaydi. Zaʼfaron esa Alsgeymer kasalligi va ruhiy kasalliklar bilan kurashayotgan odamlarning xotirasiga yaxshi taʼsir qiladi.