platina.uz
Jahon

Rossiya qoʻshinlari sobiq qoʻmondoni qamoqqa tashlangani aytildi

Harbiy muxbir Vladimir Romanov Surovikin guyoki tergov izolyatorida ekanligi haqida xabar bergan.

Rossiya qoʻshinlari sobiq qoʻmondoni qamoqqa tashlangani aytildi

Tarmoqda Rossiyaning Ukrainadagi qoʻshinlari sobiq qoʻmondoni, Rossiya harbiy-kosmik kuchlari rahbari general Sergey Surovikin qamalgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.

Lekin uning yordamchisi, general-polkovnik Andrey Yudin Surovikin bilan birga Moskvaning Lefortovo tumanidagi tergov hibsxonasida ekanligi haqidagi maʼlumotni rad etdi.

Bu maʼlumotni Kremlga yaqin OAVlar ham tasdiqlagan.

Yudinning soʻzlariga koʻra, general Surovikin taʼtilda uyda.

Bungacha harbiy muxbir Vladimir Romanov oʻzining Telegram-kanalida Surovikin goʻyoki tergov izolyatorida ekanligi haqida xabar bergan. Uning soʻzlariga koʻra, Surovikin 2023 yil 25 iyunda, Prigojin isyonidan keyin "olib ketilgan".

Keyinroq Telegram kanallarida general Yudin ham tergov izolyatoriga joylashtirilgani haqida maʼlumotlar paydo boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, general Surovikin 2022 yil oktabrdan 2023 yil yanvargacha Rossiyaning Ukrainadagi qoʻshinlarini boshqargan. Soʻngra uning oʻrniga Yevgeniy Prigojinning keskin tanqidiga uchragan Valeriy Gerasimov qoʻmondon etib tayinlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid