Braziliya ilk bor jahon chempioni boʻldi
Platina.uz 29 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 29 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Xalqaro tropiklar kuni. Xalqaro tropiklar kuni tropiklar, ular duch keladigan muammolar va ular olib keladigan yangi imkoniyatlar haqida xabardorlikni oshirish uchun nishonlanadi.
Tropiklar – Yerning saraton tropiklari va uloqcha tropiklari oʻrtasidagi hududi. Topografiya va boshqa omillar iqlim oʻzgarishiga hissa qoʻshgan boʻlsa-da, tropik joylarda odatda issiq ob-havo va kunlik haroratning ozgina mavsumiy oʻzgarishi kuzatiladi. Tropiklarning muhim xususiyati ekvator yaqinidagi nam ichki qismda yogʻingarchilikning ustunligi, ekvatordan uzoqlashgan sari yogʻingarchilikning mavsumiyligi ortib borishi hisoblanadi. Tropik mintaqa iqlim oʻzgarishi, oʻrmonlarning kesilishi, urbanizatsiya va demografik oʻzgarishlar kabi bir qator muammolarga duch kelmoqda.
Tropik mamlakatlar sezilarli yutuqlarga erishdi, ammo ular turli muammolarga duch kelishmoqda. Shu munosabat bilan barqaror rivojlanishga erishish uchun ushbu sohadagi bir qator koʻrsatkichlar va maʼlumotlarga jiddiy eʼtibor qaratish talab etiladi.
Tropiklar dunyoning qayta tiklanadigan suv resurslarining yarmidan sal koʻprogʻiga ega (54%), ammo ularning aholisining deyarli yarmi suv tanqisligi tufayli zaif deb hisoblanadi.
Qashshoqlikning yuqori darajasi tufayli tropiklarda dunyoning boshqa mintaqalarida yashovchi odamlarga qaraganda koʻproq odamlar toʻyib ovqatlanmaydilar.
2014 yil 29 iyun kuni Nobel mukofoti laureati Aung San Su Chi Tropik hisobotini taqdim etdi. Hisobot tropiklarni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi oʻn ikkita yetakchi ilmiy muassasalarning tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan. Unda tropik mintaqalarning sayyoramiz uchun nihoyatda muhimligi qayd etilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi hisobot eʼlon qilinganining bir yilligini hisobga olib, rezolyutsiya qabul qildi va unda 29 iyunni Xalqaro tropiklar kuni deb eʼlon qilishga qaror qildi.
Voqealar
- 1868 yil – Turkiston general-gubernatorining buyrugʻiga asosan Zarafshon okrugi tashkil topdi. Uning tarkibiga Buxoro amirligining sobiq Samarqand va Kattaqoʻrgʻon bekliklari kiritildi. Okrug boshligʻi esa «Zarafshon okrugini vaqtincha boshqarish toʻgʻrisidagi Nizom»ga binoan tayinlandi. 1870-1871 yillarda esa Zarafshon okrugi tarkibiga Zarafshon daryosining yuqori qismidagi kichik bekliklar qoʻshib olindi. Zarafshon okrugi Samarqand va Kattaqoʻrgʻon boʻlimlariga boʻlingan.
- 1914 yil – Arktikada samolyotda birinchi parvoz amalga oshirildi.
- 1922 yil – Rossiya va Xorazm respublikalari oʻrtasida yangi Iqtisodiy bitim imzolandi. Shartnomani Rossiya tomonidan Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi va Xalq komissarlar sovetining Turkiston ishlari boʻyicha komissiya raisi, Rossiya tashqi ishlar xalq komissarligining Oʻrta Osiyo boʻyicha Maxsus vakilining oʻrinbosari, Xorazm tomonidan Xalq nozirlar kengashi raisi imzoladi.
- 1925yil — jilosiz qoplamali lampochka patentlandi.
- 1946 yil – "Agata" operatsiyasida Falastinda 2,7 ming yahudiy hibsga olindi.
- 1958 yil – Braziliya futbol boʻyicha jahon chempioni boʻldi.
- 1964 yil – televizorni masofadan boshqarish pulti yaratildi.
- 1985 yil – Jon Lennonning sobiq Rolls-Royc avtomobili Nyu-Yorkda 2,229 million dollarga sotildi.
- 1993 yil – Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur haykalini yaratish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unda jahon tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk davlatning asoschisi, Sharqning ulugʻ sarkardasi, ilm-fan tashkilotchisi va homiysi, milliy madaniyat va meʼmorchilik sanʼatini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshgan shavkatli sohibqiron Amir Temur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston mustaqilligining ikki yilligi munosabati bilan Toshkent shahrida Amir Temur haykali oʻrnatilishi belgilandi.
- 1995 yil — Seulda (Janubiy Koreya) savdo markazi binosi qulashi oqibatida 500 kishi halok boʻldi va 900 kishi jarohatlandi.
- 1996 yil– Oʻzbekistonda Olimpiya oʻyinlariga bagʻishlangan “Olimpiada – 96” pochta markalari turkumi tayyorlanib, muomalaga chiqarildi. Markalarda sportning futbol, ot sporti, boks va velosport singari ommaviy turlari tasvirlangan. Marka rasmlarini rassom Yu.Levinskiy ishlagan.
- 1999 yil – Andijon viloyatida Xoʻjaobod yerosti gaz omborining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
- 2001 yil – Kofi Annan ikkinchi muddatga BMT Bosh kotibi etib qayta saylandi.
- 2007 yil – AQShda birinchi iPhone sotuvga chiqdi.
- 2014 yil – Iroq va Shom Islom Davlati oʻzi bosib olgan Suriya va Iroq hududlarida islomiy xalifalik tuzilganini eʼlon qildi.
- 2017 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
- 2018 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
- 2020 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi.
- 2022 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolangan.
Tavalludlar
- 1900 yil – fransuz yozuvchisi, shoiri Antuan de Sent-Ekzyuperi;
- 1957 yil– Turkmanistonning 2-prezidenti (2007-2022) Gurbanguli Berdimuhamedov;
- 1968 yil — oʻzbek tadbirkori, Korzinka savdo majmualari asoschisi Zafar Hoshimov;
- 1978 yil — Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist, qoʻshiqchi Begis Temirbayev;
- 1995 yil — oʻzbek futbolchisi, hujumchi, Italiya A seriyasining “Spetsiya” klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov.