Statistika: Xitoy Oʻzbekistonning yaqqol yetakchi iqtisodiy hamkoriga aylanmoqda

Rossiya 2,8 mlrd dollar bilan ikkinchi oʻrinni egallagan.

Iqtisod
26-iyun 2023 yil
Statistika: Xitoy Oʻzbekistonning yaqqol yetakchi iqtisodiy hamkoriga aylanmoqda

Oʻzbekiston besh oyda Xitoydan 3,7 mlrd dollarlik mahsulot import qilgani aniqlandi.

2023 yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar maʼlum qilindi. 

Rossiya 2,8 mlrd dollar bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. 

 Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda. Toʻliq roʻyxat quyidagicha: 

— Xitoy – 3,7 mlrd

—  Rossiya – 2,8 mlrd

—  Qozogʻiston – 1,4 mlrd

—  Koreya – 1,0 mlrd

—  Germaniya – 862 mln

—  Turkiya – 749 mln

—  Braziliya – 311 mln

—  Turkmaniston – 299 mln

—  Litva – 268 mln

—  Hindiston – 216 mln AQSh dollari.

Taʼkidlash joizki, 2023 yilning yanvar-may oylarida  Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar roʻyxatida Xitoy 4,5 mlrd dollarlik koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egallagan. Rossiya bilan esa 3,8 mlrd dollarlik koʻrsatkich qayd etilgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+