Ishga kechikkanlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan kun

Platina.uz 26 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Jamiyat
26-iyun 2023 yil
Ishga kechikkanlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan kun

Platina.uz 26 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Qiynoqlar qurbonlarini qoʻllab-quvvatlash xalqaro kuni. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1997 yil 12 dekabrda BMTning maxsus rezolyutsiyasida eʼlon qilingan.

BMT rezolyutsiyasida taʼkidlanganidek, ushbu xalqaro kun qiynoqlarga toʻliq barham berish va 1984 yilda qabul qilingan Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazo turlariga qarshi Konvensiyaning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan.

BMT Bosh kotibi 2006 yilda ushbu xalqaro kun munosabati bilan qilgan murojaatida qiynoqlar uzoq vaqtdan beri soʻzsiz taqiqlanganiga qaramay davom etayotganini taʼkidlaydi. U barcha davlatlarni Qiynoqlarga qarshi konvensiya va uning Fakultativ Protokolini ratifikatsiya qilishga chaqiradi. Murojaatda 2006 yilda yigirma besh yilligi nishonlanadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qiynoqlar qurbonlari uchun ixtiyoriy jamgʻarmasining qiynoq qurbonlari va ularning oilalariga yordam koʻrsatishdagi roli haqidasoʻz boradi.

Giyohvandlik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi xalqaro kun. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1987 yil 7 dekabrda eʼlon qilingan. 1839 yil 26 iyunda Guanchjou shahri devorlarida Xitoy King imperiyasining amaldorlari va askarlari Viceroy Lin Tsixu buyrugʻi bilan ingliz narkotik sotuvchilardan musodara qilingan (bir million kilogrammdan ortiq) afyunni yoqib yuborishgan.

Bu kun 1987 yilgi Giyohvandlik va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boʻyicha xalqaro konferensiya tavsiyasiga koʻra hamda giyohvandlikdan xoli jamiyat yaratish va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlikni mustahkamlash qatʼiyatini bildirish maqsadida taʼsis etilgan.

Voqealar

  • 1940 yil – Mehnat intizomini yaxshilashga bagʻishlangan farmonga (sobiq SSSR Oliy Sovetining) muvofiq, ishga kechikib kelganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilingan. Bu farmonni amalga oshirish shunga olib keldiki, milliy sanoat qurilishi sohasidagi minglab ishchilar va texnik xodimlar turmalarga tashlanib, mahbuslarga aylantirilgan.
  • 1941 yil – Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakatda ishchilar va xizmatchilar uchun ishdan tashqari vaqtda majburiy ishlab berish joriy etilgan. Katta yoshdagilar uchun ish kuni olti kunlik ish haftasida 11 soatgacha uzaytirilgan. Aslida ish kuni 12-14 soatga choʻzilardi. Taʼtilga chiqish bekor qilingan. Bu hol ishchi-xizmatchilar sonini koʻpaytirmasdan turib ishlab chiqarish quvvatlari hajmini taxminan uchdan birga oshirish imkonini bergan.
  • 1945 yil — San-Fransisko konferensiyasida 50 davlat vakillari BMT ustavini imzoladilar.
  • 1976 yil – Muhammad Ali va yaponiyalik Inoki (Antonio Inoki) oʻrtasidagi jang sanʼati boʻyicha mutlaq jahon chempioni unvoni uchun oʻyin durang bilan yakunlandi.
  • 1977 yil – Elvis Preslining Indianapolisdagi soʻnggi konserti boʻldi.
  • 1979 yil – Muhammad Ali boksdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
  • 1982 yil – Milliy futbol ligasi kokainni sport uchun asosiy tahdid deb atadi.
  • 1988 yil – Fransiyaning Muluz shahri yaqinidagi aviashouda birinchi Airbus A320 halokatga uchradi, 3 kishi halok boʻldi.
  • 1992 yil – futbol boʻyicha Yevropa chempionati finali 1992 yil: Gyoteborgda Daniya jamoasi Germaniya terma jamoasini 2: 0 hisobida magʻlub etdi va birinchi marta Yevropa chempioni boʻldi.
  • 1997 yil – Garri Potter haqidagi birinchi kitob “Garri Potter va hikmatlar toshi” Buyuk Britaniyada nashr etilgan.
  • Antivirus kompaniyasi – Kasperskiy laboratoriyasiga asos solingan.
  • 1997 yil – Koreya Respublikasining oʻn beshinchi asrda qirol Sejon taʼsis etgan oliy mukofoti – “Oltin Yulduz” ordeniga birinchi marta oʻzga davlat fuqarosi – oʻzbekistonlik rassom Nikolay Shin (1928–2006) sazovor boʻldi. Uning 75 ta asari Seulning zamonaviy sanʼat milliy muzeyi zallarida namoyish etildi.
  • 2001 yil – Vazirlar Mahkamasining “Estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2018 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Ilgʻor fermer”, “Mehnatkash dehqon” va “Namunali tomorqachi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorlari qabul qilindi.
  • 2020 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Tavalludlar

  • 1962 yil — taniqli tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov;
  • 1967 yil – “Shuhrat” medali sohibi, shoir Sirojiddin Rauf.
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+