Valyuta zaxiralari boʻyicha yetakchi davlatlar ochiqlandi. Oʻzbekistonda vaziyat qanday?
Xalqaro oltin-valyuta zaxiralari boʻyicha maʼlumot taqdim etildi.

Global Index xalqaro oltin-valyuta zaxiralari boʻyicha maʼlumotni taqdim etdi.
Unda maʼlum boʻlishicha, Xitoy 3,23 trillion dollar rezerv bilan birinchi oʻrinni egallagan. Ikkinchi pogʻonani Yaponiya band qildi (1,26 trillion dollar).
Kuchli uchlikni 811 milliard dollar bilan Shveysariya yakunlab berdi. Shuningdek, yetakchilar roʻyxatida Saudiya Arabiston (496 milliard), Tayvan (456 milliard) va Rossiya (432 milliard ham bor.
AQSh 123 milliard dollarlik oltin rezervi 19-oʻrinda bormoqda.
Oʻzbekiston Markaziy bankining 2023 yil iyun oyi boshida taqdim etgan maʼlumotiga koʻra, mamlakatning xalqaro zaxiralari 34,4 milliard dollarni tashkil etadi.
Solishtirish uchun: 2023 yil 1 may holatida Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari 35,2 milliard dollar boʻlgan. Demak bir oyda zaxiralar qariyb 837 million dollarga kamaygan.