Ukraina poytaxti koʻchirilgan kun
Platina.uz 24 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 24 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Diplomatiyada ayollar xalqaro kuni. 1945 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining loyihasi ishlab chiqilgan va imzolanganidan beri ayollar global boshqaruvda hal qiluvchi rol oʻynadi. Ayollar va qizlar dunyo aholisining yarmini va shuning uchun uning salohiyatining yarmini tashkil qiladi. Ayol diplomatlarning hissasi katta. Ularning yetakchilik uslubi, tajribasi va ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqilayotgan masalalar koʻlamini kengaytirib, natijalar sifatini oshiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 193 davlatdan atigi 34 nafarida ayollar davlat yoki hukumat boshligʻi sifatida saylanadi. Koʻpgina mamlakatlarda erishilgan yutuqlarga qaramay, dunyodagi boshqa darajadagi siyosiy lavozimlarda ayollarning global ulushi hali ham kichik: dunyodagi vazirlarning 21 foizi, milliy parlament aʼzolarining 26 foizi va mahalliy hukumatdagi saylangan oʻrinlarning 34 foizi.
BMTning soʻnggi hisobotiga koʻra, parlamentda teng vakillikka 2062 yilgacha erishilmaydi.
Yana bir maʼlumot: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi dunyo yetakchilarining har yili oʻtkaziladigan eng yirik yigʻilishi hisoblanadi. 77 yil davomida mavjud boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi raisligiga faqat toʻrt nafar ayol saylangan.
Voqealar
- 1868 yil – Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi oʻrtasida urush tugagani rasman eʼlon qilindi.
- 1892 yil – tarixda «Vabo isyoni» (yoki «Toshotar voqeasi») deb nom olgan qoʻzgʻolon boshlandi.
- 1901 yil — Parijda 19 yoshli rassom Pablo Pikassoning birinchi koʻrgazmasi ochilgan.
- 1910 yil – Xiva xonligi bosh vaziri Islom Xoʻja boshchiligidagi elchilar Toshkentga, Turkiston general-gubernatorligiga tashrif buyurdi.
- 1923 yil – Buxoro Respublikasi hukumati tarkibidan Otaullaxoʻja Poʻlatov – Ota Xoʻjayev, Fitrat, Sattor Xoʻjayev, Muinjon Aminov, Qori Yoʻldosh Poʻlatov, Abdurahim Yusufzoda, Muzaxar Maxsum Burhonov, Hoji Hamro Yoʻldoshev chetlashtirilib, Buxorodan surgun qilindi. Buxoro hukumati Moskva va Toshkentning «kommunistcha sabogʻi»ni olgan «tajribali sovet xodimlari» bilan toʻldirildi.
- 1934 yil — Ukraina poytaxti Xarkovdan Kiyevga koʻchirilgan.
- 1940 yil — birinchi marta siyosiy voqeani yoritish uchun televizion kameralar ishlatilgan: AQShdagi prezidentlik sayloviga oʻz nomzodini ilgari surayotgan respublikachilar undan foydalanishgan.
- 1993 yil – Oʻzbekiston Gvineya va Ekvatorial Gvineya bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatdi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi. Unga asosan Respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib 27 iyun etib belgilandi.
- 1997 yil – maxsus konvertli «Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon» pochta markasi tayyorlanib, muomalaga chiqarilganligi haqida xabar eʼlon qilindi. Ushbu marka Choʻlpon tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan.
- 2019 yil – Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Tavalludlar
- 1399 yil – ilk bosma dastgohni ixtiro qilgan nemis ixtirochisi Iogann Gutenberg;
- 1914 yil – rangtasvir ustasi, pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Safo Muhamedov;
- 1972 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Ogʻabek Sobirov;
- 1975 yil – oʻzbekistonlik musiqachi, bastakor va aktyor, “Xayr, maktabim” taronasi ijrochisi Ravshan Sobirov;
- 1975 yil – London Imperial kolleji biznes maktabining moliya va ekonometriya professori, oʻzbek iqtisodchisi Rustam Ibragimov;
- 1987 yil – mashhur futbolchi Lionel Messi;
- 1991 yil – oʻzbekistonlik professional futbolchi Javlon Guseynov;
- 1993 yil – birinchi vazn toifasidagi oʻzbek professional bokschisi, Olimpiada va jahon chempioni Hasanboy Doʻsmatov;
- 1997 yil - oʻzbek professional futbolchisi Jasurbek Yaxshiboyev.
