Rossiyada ichki vaziyat keskinlashmoqda. Asosiy voqealar
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari boʻlayotgan voqealardan boxabar qilinganini bildirdi.

Rossiyaning yirik shaharlarida xavfsizlik kuchaytirilmoqda, koʻchalarda harbiy texnikalar toʻplanmoqda, bu vaziyatning keskinlashayotganidan dalolat berishi mumkin.
Dastlab "Vagner" xususiy harbiy shirkati asoschisi Yevgeniy Prigojin 23 iyun tunida murojaat bilan chiqdi. U Rossiya Mudofaa vazirligi kuchlarini harbiy shirkat lagerlariga raketa zarbalari berishda aybladi. OAVda vagnerchilar va Mudofaa vazirligi oʻrtasidan toʻqnashuvlar boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar yangradi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Prigojinning bayonotlarini yolgʻon deya atadi, bir qator generallar vagnerchilar murojaat qilib chiqdi, hatto general Vladimir Alekseyev vaziyatni "davlat toʻntarishiga urinish" deya baholadi.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari boʻlayotgan voqealardan boxabar qilinganini bildirdi.
Rossiya shaharlarida harbiylar va texnikalar toʻplana boshladi. Jumladan, Prigojin kuchlari Rostovga borayotgani xabari tarqalgach, shaharda xavfsizlik kuchaytirildi. Moskva meri Sergey Sobyanin esa poytaxtda "antiterror operatsiya boshlanganini" eʼlon qildi.
Federal Xavfsizlik xizmati Prigojinni isyonda ayblab, ish ochganini eʼlon qildi.
Hozirda Rossiya ichkarisida oʻzaro harbiy toʻqnashuvlar qayd etilmagan.
Eslatib oʻtamiz, may oyida boshida ham Yevgeniy Prigojin atrofida keskin vaziyat yuzaga kelgandi. Oʻshanda u Baxmut uchun janglarda oʻq-dorilar yetishmayotganidan nolib, Rossiya mudofaa vazirligi rahbariyati shaʼniga keskin gaplar gapirgandi.