platina.uz

Islom Karimov prezident sifatida ish boshlagan kun

Platina.uz 23 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Jamiyat
23-iyun 2023 yil
Islom Karimov prezident sifatida ish boshlagan kun

Platina.uz 23 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Xalqaro Olimpiya kuni. Bayram gʻoyasi birinchi marta 1947 yilda Stokgolmda (Shvetsiya) boʻlib oʻtgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi sessiyasida tilga olingan va 1948 yilda rasman tasdiqlangan. Sana 1894 yil aynan shu kuni Parijda jismoniy tarbiya boʻyicha Xalqaro atletika kongressi oʻtganiga bogʻlandi. Olimpiya harakatining oliy boshqaruv organi – Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) ham shu kuni tashkil etildi.

Birinchi zamonaviy Olimpiya oʻyinlari 1896 yilda Afinada (Gretsiya) boʻlib oʻtgan, unda 14 davlatdan 241 nafar ishtirokchi qatnashgan.

Oʻzbekiston sportchilari 1952-1980, 1988 yilgi Olimpiya oʻyinlarida SSSR terma jamoasi tarkibida, 1992 yilda MDH mamlakatlari qoʻshma terma jamoasi tarkibida XOQ bayrogʻi ostida qatnashgan. Mustaqil davlat sifatida sportchilarimiz ilk bor 1994 yilgi Norvegiya qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan va birinchi oltin medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston sportchilari mustaqil jamoa sifatidagi oʻyinlari davomida jami 37 ta – 11 ta oltin, 6 ta kumushva 20 ta bronza medallarni qoʻlga kiritgan.

2024 yilda yozgi Olimpiya oʻyinlari Parij shahri (Fransiya)da boʻlib oʻtadi. 2026 yilgi qishki olimpiyadani Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlari qabul qiladi.

Xalqaro yolgʻiz ayollar kuni. BMT tomonidan millionlab yolgʻiz ayollar va ularning qaramogʻidagi oilalar duch keladigan qashshoqlik va adolatsizlikka qarshi kurashishga bagʻishlangan maxsus kundir.

Sana BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi tufayli 2010 yil 21 dekabrda qabul qilingan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmatlari kuni. 2003 yil martda BMT Bosh Assambleyasi 57/277-rezolyutsiyani qabul qildi, unda 23 iyun BMTning Davlat xizmati kuni deb eʼlon qilindi. Oʻshandan beri u har yili nishonlanadi. BMTning 8-Bosh kotibi Pan Gi Munning murojaatida keltirilishicha, barcha mamlakatlar va odamlar malakali, jihozlangan va yaxshi taʼminlangan davlat xizmatiga muhtoj. Davlat xizmati xilma-xil va axloqiy boʻlishi kerak. Uning maqsadi odamlarga samarali xizmat koʻrsatish va jamiyatning eng qashshoq va himoyasiz aʼzolarining hayotini yaxshilashdan iborat boʻlishi kerak.

Anʼanaga koʻra, bugungi kunda tashkiliy qoʻmitada BMTning davlat xizmati forumi, maxsus tadbirlar, shuningdek, davlat xizmatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun BMT mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.

Indoneziya Oʻzbekiston Mustaqilligini eʼtirof etgan kun.

Voqealar

  • 1846 yil — Adolf Saks saksofonni patentladi.
  • 1894 yil — Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tashkil topdi.
  • 1868 yil – Birinchi yozuv mashinasi patentlandi.
  • 1860 yil – Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Hukumat bosmaxonasini tashkil etdi.
  • 1961 yil – Antarktidani ilmiy qoʻriqxona sifatida ajratib turadigan va qitʼada, uning orollari va muzliklarida harbiy faoliyatni cheklaydigan Antarktika shartnomasi tizimi kuchga kirdi.
  • 1989 yil – Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov mamlakat rahbari sifatida ish boshladi.
  • 1993 yil – Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yodgorliklar va haykallarni loyihalashtirish hamda oʻrnatishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 1996 yil – Oʻzbekiston Bruney bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatdi.
  • 1998 yil – Samarqand qogʻozini qayta tiklash uchun tadbirkor hunarmand Zarif Muxtorov “Konigil Meros” xususiy qogʻoz ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi. Korxona ilk bor qoʻlbola Samarqand qogʻozini paxta tolasidan tayyorlagan boʻlsa, keyinchalik u zigʻir, ipak tolasidan ham ishlab chiqarila boshlandi.
  • 2006 yil – Avstraliya hayvonot bogʻida 175 yoshli Gariyetta toshbaqasi oʻldi.
  • 2013 yil – Nik Uollenbuyuk Kanon boʻylab arqonda muvaffaqiyatli yurgan birinchi odamga aylandi.
  • 2017 yil – Vazirlar Mahkamasining “Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2018 yil – prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining bayrogʻi va emblemasi namunalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Tavalludlar

  • 1972 yil – fransuz futbolchisi va murabbiyi Zinedin Zidan;
  • 1963 yil – davlat va jamoat arbobi, tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo;
  • 1965 yil – Amerika universiteti prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol Silvia Burshell;
  • 1992 yil – oʻzbek gimnastikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasiaʼzosi Luiza Galiulina;
  • 1995 yil – oʻzbekistonlik futbolchi, “AGMK” va futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar milliy terma jamoasi aʼzosi Botirali Ergashev.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+