platina.uz
Jamiyat

Ikkinchi jahon urushi boshlangan kun

Platina.uz 22 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Ikkinchi jahon urushi boshlangan kun

Xalqaro baxt va quvonch kuni. Ushbu sana 2012 yili BMT tomonidan bayram deb eʼlon qilindi. Dunyodagi barcha odamlarning umumiy tuygʻusi boʻlgan baxt va quvonchga intilish fikrini BMT qoʻllab-quvvatladi. Insoniyatning asosiy maqsadi ham – baxt va quvonchdir. Taʼsis etuvchilar barcha mamlakatlarni har bir odamning farovonligini yaxshilashga chaqiradilar. Xalqaro baxt va quvonch kunida dunyo jamoati diqqatini iqtisodiy rivojlanishi balansi, teng huquqli, hammani qamrab oladigan boʻlishi kerak. Shundagina davlatlarda iqtisodning oʻsishi, kelgusida qashshoqlik kamayishi natijasi kutiladi.

BMT taʼkidlashicha, dunyo miqyosida baxt va quvonch tuygʻusi yaratish uchun iqtisodiy rivojlanish ijtimoiy hamda ekologik dasturlar bilan taʼminlanishi zarur. Xalqaro baxt va quvonch kuni togʻli Butan (Bhutan) shahar tashabbusi bilan nishonlana boshlandi. Yalpi Milliy baxt va quvonch koeffitsiyenti boʻyicha Butan qirolligi aholisi dunyoda eng baxtlilardan hisoblanadilar. Yalpi Milliy baxt va quvonch koeffitsiyenti tushunchasi Butanning 4-qiroli tomonidan kiritilib, norasmiy davlat falsafasiga aylangan.

2006 yil iyul oyida xalq farovonligi, atrof-muhit holatini aks ettirish uchun Xalqaro baxt va quvonch indeksi oʻrnatildi. Falsafa, etika, psixologiya fanlari baxt va quvonch koʻrinishini oʻrganadilar. Ming yillar davomida baxt mavzusi shoirlar, rassomlar, musiqachilar, artistlar ijodida alohida oʻringa ega. Albatta, oʻz tashvish va xursandchiliklari bilan hayotga yoʻl olgan har bir inson oʻzining kattami-kichikmi, baxti va quvonchiga ega boʻladi.

Yozgi quyosh turishi kuni. Yozgi quyosh turishi – qoq peshinda, quyosh ufqdan eng baland turgan paytdagi ekliptika (quyoshning yillik koʻrinma yoʻli)ga tegishli nuqta. Egizaklar yulduz turkumida boʻladi. Quyosh bu nuqtadan 21-22 iyun kuni oʻtadi. Quyosh turishi paytlariga yaqin kunlarda Quyosh ekvatorga deyarli parallel koʻrinma harakatlanadi, natijada quyoshning tush paytidagi balandligi deyarli oʻzgarmaydi. Shimoliy yarim sharda yozgi quyosh turishi nuqtasida boʻlganida, kunduzning davomiyligi eng uzoq, qishki quyosh turishi nuqtasida boʻlganida eng kalta, janubiy yarim sharda esa shu kunlari aksincha boʻladi.

Voqealar

1593 yil – Ittifoqchi nasroniy qoʻshinlari Usmonlilarni magʻlub etishdi.

1815 yil — Napoleon Bonapart Vaterloodagi magʻlubiyatdan koʻp oʻtmay taxtdan voz kechdi.

1876 yil — Ispaniya konstitutsiyasi qabul qilindi.

1889 yil — Germaniya Yevropada birinchi boʻlib keksa yoshdagi fuqarolar uchun nafaqa berish tizimini joriy qildi.

1915 yil — Avstriya va Germaniyaning ittifoqdosh kuchlari Lvovni egallab olishdi.

1927 yil – Buxoro madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish qoʻmitasi tashabbusi bilan taʼmirlangan Koʻkaldosh madrasasida muzey ochildi.

1940 yil — Fransiyaning Germaniyaga taslim boʻlganligi toʻgʻrisidagi shartnomaga imzo chekildi.

1941 yil – Fashistlar Germaniyasi SSSRga hujum boshladi. Bundan 82 yil oldin shu kuni fashistlar Germaniyasi SSSRga qoʻqqisdan hujum boshladi. Mojariston, Ruminiya, Finlandiya, Italiya uning tomonidan turib urushga kirdi. Shu kuni Angliya hukumati SSSRni Germaniyaga qarshi urushda qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.

1944 yil — Sovet qoʻshinlarining Belorussiyadagi operatsiyasi boshlandi.

1955 yil - “Lesi va daydi it” multfilmi namoyish etildi.

1978 yil – Plutonning eng katta yoʻldoshi Charon sayyorasi kashf etilgan kun. Jeyms U.Kristi va Robert S.Xarrington tomonidan teleskopik usulda topilgan ushbu sayyora diametri - 1208 km - Plutonning yarmidan bir oz koʻproq, massasi esa Pluton massasining oʻndan bir qismidan koʻproq.

1986 yil – argentinalik futbolchi Diyego Maradona Meksikadagi FIFA Jahon chempionatida Angliya darvozasiga "asr goli" deb atalgan golni urdi.

1994 yil – Bryusselda Tinchlik uchun Hamkorlik dasturi doirasida Rossiya va NATO oʻrtasidagi hamkorlik asoslari toʻgʻrisidagi Protokol imzoladi.

1999 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish va Navoiy tumanining yangi markazini qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

2016 yil – Angren–Pop elektrlashtirilgan poyezd qatnovi ishga tushirildi. Fargʻona vodiysidagi Angren–Pop temir yoʻlining qurilishi butun Oʻzbekiston hududlarini qamrab oladigan yagona milliy temir yoʻl tarmogʻi barpo etilishiga olib keldi.

2018 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Tavalludlar

1898 yil – "Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq" asari uchun gitlerchilar tomonidan nemis fuqaroligidan mahrum etilgan olmon yozuvchisi Erix Maria Remark;

1932 yil – oʻzining salbiy rollari bilan yodda qolgan hind aktyori Amrish Puri;

1939 yil – yozuvchi, jurnalist, munaqqid, publitsist Temur Poʻlatov;

1969 yil – Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov;

1983 yil – oʻzbek ogʻir atletikachisi va murabbiyi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Mansurbek Chashemov;

1987 yil – “Vorislar”, “Moviy dengiz afsonasi” teleseriallaridagi rollari bilan oʻzbek tomoshabinlariga tanish koreyalik aktyor Leye Min-Ho;

1996 yil – oʻzbek professional futbolchisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va "Al-Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov tavallud topgan.

Vafot etganlar

1498 yil – mashhur tarixchi Mirxond vafot etdi. Uning otasi Burhonuddin Xovandshoh buxorolik boʻlib, Balxga koʻchib ketgan. Mirxond shu yerda tugʻilib, keyin Hirotda yashagan. Alisher Navoiyning adabiy toʻgaragiga qatnashgan. Mirxondning tarixchi nabirasi Gʻiyosiddin Xondamir maʼlumotiga qaraganda, Navoiy Mirxondga oʻzining “Ixlosiya” xonaqosidan bir hujra ajratib bergan va undan bir tarixiy asar yozishni iltimos qilgan. Mirxond bu asarni qisqa vaqt ichida tamomlagan, umrining oxirida bir yil chamasi Gozirgohda istiqomat qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid